Advokat Ilya Novikov Rosfinmonitoringning «terrorçilar va ekstremistlar» röyxatiga kiritildi. «Mediazona» 25 iyul, payşanba kuni bunga e’tibor qaratdi. Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, röyxatda Novikov ismining yonida yulduzça bor, bu terrorizm gumonini bildiradi. Biroq unga tegişli moddalardan biri böyiça iş qözğatilgani ma’lum qilinmadi.

Ilya Novikov Rossiyada sirtdan 8,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 

Joriy yilning 11 iyun kuni Moskvaning Gagarin sudi taniqli advokat va «Çto? Gde? Kogda?» sobiq iştirokçisi Ilya Novikovni sirtdan sakkiz yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ilya Novikovning jinoiy javobgarlikka tortilişiga uning 2022 yil aprel oyida «Populyarnaya politika» YouTube-kanalida çop etilgan intervyusi sabab böldi. U yerda advokat rossiyalik harbiy xizmatçilarning Buçada tinç aholini qirğin qiliş va boşqa harbiy jinoyatlarga aloqadorligi haqida gapirgan. Sudga köra, u bu bilan Rossiya armiyasi haqida «qasddan yolğon ma’lumot»ni ommaga tarqatgan. 

Sud, şuningdek, Novikovga tört yil davomida advokatlik bilan şuğullaniş va veb-saytlarni boşqarişni taqiqladi. Sota.Vision internet naşriga köra, Novikov manfaatlarini himoya qiluvçi advokat Leonid Solovyov sudyadan mijozi sud qaroriga befarq ekani va hukm ustidan şikoyat qilmasligini aytgan.

2022 yilda Rossiya hukumati Ilya Novikovni «çet el agenti» deb tan oldi. 2023 yil oktyabr oyida Rossiya «FSB» unga qarşi «duşman tomoniga ötiş» moddasi böyiça vatanga xiyonat işi yuzasidan jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi. 2019 yildan beri Novikov Kiyevda yaşab, işlaydi.