Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Timur Kapadze ertangi öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Keça Nant şahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarşi uçraşuv kutib turibdi. Eng asosiysi — hamma soğ-salomat, biroq bitta yöqotişimiz bor. Himoyaçimiz Ibrohimxalil oilaviy sabablarga köra terma jamoa ixtiyorini tark etişga majbur böldi. Lekin bunga qaramasdan reja böyiça maşğulotlarni davom ettiryapmiz va ertangi uçraşuvda ğalaba qozonişga harakat qilamiz», — dedi Kapadze.

«Misrga kelsak, Afrikaning eng kuçli jamoalaridan biri. Ular bilan ötgan yili Toşkentda öynaganmiz. Raqibimizning kuçli tomonlari va imkoniyatlarini yaxşi bilamiz. Şunga yaraşa biz ham öz rejamizga köra tayyorgarlik köramiz va ğalaba qozoniş uçun bor imkoniyatimizni işga solamiz», — dedi jamoa murabbiyi.

Timur Kapadze Ispaniyaga qarşi keçgan öyin haqida ham öz fikrlarini yana bir bor bildirib ötdi.

«Birinçi uçraşuvdan keyin öyinimizni tahlil qilib çiqdik va özimizga kerakli bölgan xulosalarni çiqardik. Öyin davomida ba’zi vaziyatlarda yaxşiroq öynadik, ba’zida esa kamçiliklar ham közga taşlandi. Biroq, aytganimdek, xatolar ustida işlab boryapmiz va hozirda bor e’tiborimiz ertangi öyinga qaratilgan», — dedi Kapadze.

«Jamoada qolgan barça soğ, muammo yöq. Ibrohimhalil ketganidan söng zaxira futbolçilarimizdan birini qaydnomaga kiritişga harakat qilyapmiz. Bu borada taşkiliy qömitaga sörov yubordik, hozirça javobni kutmoqdamiz», — dedi boş murabbiy.

Özbekiston olimpiyaçilari ertaga, 27 iyul kuni turnirdagi öyinini Misrga qarşi ötkazadi. Öyin soat 20:00 da Nant şahridagi «Stade de la Beaujoire» — «Bojuar» stadionida boşlanadi.