Bu esa millatning kelajagi uçun halokatli, degan Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «Biz dunyoning eng katta davlatida yaşaymiz. Biroq yildan yilga kamaymoqdamiz», — degan Peskov.

Rossiya yaqin 75 yil içida yiligi 300-600 ming kişiga kamayib boraveradi hamda XXI asr oxiriga kelib, oxirgi 135 yil içida mamlakat aholisi eng past darajaga tuşadi, deya pronoz qilmoqda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar böyiça departamenti. BMT demograflarining baholaşlariça, Rossiyaning aholisi hozirgi 145,2 mlndan 2035 yilda 140 mlnga, 2050 yilda 136,2 mlnga, 2075 yilda esa 128,64 mlngaça qisqaradi .

2100 yilga borib Rossiya aholisi bazaviy ssenariyda 126,43 mln kişigaça tugadi, bu esa 1965 yildan buyon eng past körsatkiç böladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning örta asrlardagi kabi 8 tadan farzand dunyoga keltiriş haqidagi çaqiriqlariga qaramasdan, BMT prognoziga köra, Rossiyada yaqin yillarda tuğiliş darajasi kamayyapti: agar 2023 yilda 1,297 mln çaqaloq dunyoga kelgan bölsa, 2030 yilga borib bu körsatkiç 1,186 mlngaça tuşadi. Natijada Rossiya yaqin 50 yil içida aholining tabiiy kamayişi hisobiga yiliga 500-700 ming aholisidan ayrila boşlaydi va faqat 2080-90 yillarga borib bu sur’atlar yiliga 300-400 ming kişigaça pasayadi. Ahvol bu tarzda davom etadigan bölsa, 2100 yilga borib ölim darajasining tuğiliş darajasidan ortiqligi natijasida mamlakat 40 mln aholisidan ayrilişi mumkin.