Özbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi öyinlaridagi ilk medalni qölga kiritdi.
Dzyudo böyiça bahslar finalida -52 vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova kosovolik Distriya Krasniçiga qarşi tatamiga çiqdi.
Özbekistonlik dzyudoçi uçraşuvning ikkinçi daqiqasida işlangan vazari hisobiga olgan 1 oçkosi bilan Yevropaning ikki karra çempioni ustidan ğalabaga erişdi hamda Özbekiston hisobiga dastlabki medal – oltinni qöşib qöydi.

Qayd etiş kerakki, bu Diyora Keldiyorova faoliyati va Özbekiston tarixidagi eng muhim ğalaba sanaladi. Şu vaqtgaça özbekistonlik ayol sportçilar Olimpiadalar finaliga çiqmagandi. Ayol sportçilardan faqatgina Yekaterina Hilko Pekin-2008da trampolindan sakraşda bronza medalini qölga kiritgan va ayollar orasida medal olgan yagona sportçi edi.

Diyora Keldiyorova esa Özbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportçi sifatida tarixdan joy oldi.
Bundan taşqari, u Özbekiston dzyudosi tarixida olimpiada oltin medalini qölga kiritgan ilk sportçi böldi.

26 yoşli özbekistonlik dzyudoçi bugungi bahslarda dastlab nimçorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada çempioni Uta Abening 5 yillik mağlubiyatsiz seriyasiga barham berib, uni turnirdan çiqarib yuborgani bilan şov-şuv kötargandi. Keyin esa çorakfinalda germaniyalik Maşa Ballhausni mağlub etdi, final uçun bahsda esa mezbonlar vakili, Tokio Olimpiadasining oltin (jamoaviy) va kumuş medali sohibi Amandin Buşarni mağlubiyatga uçratdi.
Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvçisi bölgan Diyora Keldiyorova faoliyati davomida jahon çempionatlarida ikki kumuş va bir bronza qölga kiritgan, ikki marta Osiyo çempioni va bir marta Osiyo öyinlari ğolibi bölgandi.


















