Erdöğanning Isroilga tahdidi, Livanga hujumga tayyorlanayotgan Isroil va Malida öldirilgan vagnerçilar - kun dayjesti
|19:36 / 29.07.202411 1128 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroil armiyasining Xon Yunusga bergan aviazarbasi tufayli 13 nafar falastinlik halok böldi. Köplab insonlar yarador bölgan.
Isroil aviatsiyasi Ğazo sektorida özlari tomonidan xavfsiz zona deb e’lon qilingan Xon Yunusdagi turar joy binolaridan biriga “havo-yer” tipidagi raketa bilan zarba bergan.
Ğazo fuqaro mudofaasining xabariga köra, ölganlarning aksariyati yoş bolalar. Falastin aktivistlari ijtimoiy tarmoqlarga zarba oqibatlari tasvirlarini joylaştirişgan.
Isroil şuningdek, Xon Yunusdagi As-Sikka tumaniga ham zarba bergan. 3 kişi halok bölgan.
7 oktyabrdan Ğazoda halok bölgan falastinliklar soni 39 ming 324 kişiga yetdi. Ularning 16 ming 172 nafari yoş bolalar va 10 ming 798 nafari ayollar. 90 ming 830 kişi yarador bölgan.
Vayronalar ostida minglab insonlarning jasadlari olinmasdan qolmoqda. Çunki vayronalarni tozalaşning imkoni bölmayapti.
Şuningdek, Isroil şu paytgaça Ğazodagi 400 dan ziyod maktab va universitetlarni bombalagani ma’lum qilinmoqda. Uylari vayron bölgan insonlar asosan mana şunday ijtimoiy obektlarni boşpana qilişayotgan edi.
Isroilning xunrezliklariga çiday olmayotgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Isroilga bostirib kira olişi mumkinligini bildirdi.
“Biz Qoraboğga, Liviyaga kirganimiz kabi, Isroil bilan ham şu işni qila olamiz. Imkonsiz işning özi yöq. Bunday işlarni amalga oşirişimiz uçun biz yanada kuçliroq bölişimiz talab etiladi”, degan.
Bunga javoban Isroil taşqi işlar vaziri Isroil Kats Erdöğanni Saddam Hussayn taqdiri kutayotgani bilan tahdid qilgan:
“Erdöğan Saddam Hussayn izidan borib, Isroilga tahdid qilmoqda. Nimalar bölgani va hammasi nima bilan tugaganini unutmaslik kerak”, - degan Isroil Kats.
Isroil-Livan uruşi
Mavzuga oid
Isroil özi okkupatsiya qilgan, asli Suriyaga tegişli bölgan Jölan tepaliklaridagi Majd uş-Şams şaharçasidagi stadionga şanba kuni raketa kelib tuşgaç, yaqin soatlar içida Livanga hujum qilişni rejalaştirmoqda.
Isroil raketani Livanning “Hizbulloh” guruhi uçirdi, degan fikrda. “Hizbulloh” esa zarba uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmayapti.
Hujum natijasida 13 kişi, jumladan yoş bolalar halok bölgan va 35 kişi yaralangan.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bu borada hukumatning asosiy vazirlari iştirokida majlis çaqirgan.
Isroil Taşqi işlar vazirligi esa Livanga ultimatum qöygan.
«Şanba kuni qirğin “Hizbulloh” tomonidan barça qizil çiziqlarni bosib ötiş hisoblanadi. Bu boşqa armiya bilan uruşayotgan armiya emas, ular köproq tinç aholi hujum qilayotgan terrorçilik taşkilotidir”, - degan Isroil taşqi işlar vazirligi spikeri Oren Marmorşteyn.
U hujum uçun töliq javobgarlikni Eronga va Tehron tomonidan qöllab kelinayotgan “Hizbulloh”, HAMAS va “Ansorulloh” zimmasiga yuklagan, şuningdek, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusini terrorçilik taşkiloti, deb topib, unga nisbatan sanksiyalar qöllaşga çaqirgan.
Öz navbatida “Hizbulloh” agar Isroil Livanga hujum qiladigan bölsa Isroilga qarata uzoq masofalarga uça oladigan raketalar bilan hujum qilişini bildirgan. Eron ham Isroilni Livanga hujum qilişdan hazir böliş haqida ogohlantirgan.
Rivojlangan davlatlar diplomatlari Isroilning Livanga javob zarbasi “muqarrar” ekanini tan olişgan, hozir ular Isroilni yirik şaharlar, jumladan Bayrutga zarba berişdan qaytariş ustida iş olib borişmoqda.
Isroil esa oğir texnikalarni Livan bilan çegaralarga köçirmoqda.
Hizbulloh Isroilning ehtimolli hujumi yuz berişi fonida Livan janubidagi pozitsiyalarini tark etayotgani ma’lum qilinmoqda.
Venesueladagi saylovlar
Venesuelada prezidentlik saylovi uçun ovoz beriş jarayoni ötkazildi. Sörovlarda muxolifat yetakçisi Edmundo Gonsales Urrutia yetakçilik qilayotgani haqida xabar berilganiga qaramasdan, mamlakatning avtoritar hukmdori Nikolas Maduro 51 foiz saylovçilarning ovozini töplaşga muvaffaq bölgani aytilmoqda.
Sörovlar va ekzet-pollar mamlakat hukmdori, uçinçi olti yillik muddatga da’vogarlik qilayotgan Nikolas Maduroning mağlubiyatini başorat qilayotgan edi.
Uning davrida bir paytlar Janubiy Amerikadagi eng yirik neft qazib oluvçi mamlakat bölgan Venesuela iqtisodiyoti giperinflatsiyaga tuşib qoldi va yetti millionga yaqin odam, ya’ni har tört fuqarodan biri mamlakatni tark etdi. Maduro rejimi zöravon repressiyalar orqali muxolifat va fuqarolik jamiyatini bostirib keladi.
Maduro, agar u saylovda mağlub bölsa, mamlakatda «qon tökilişi» boşlanişi bilan tahdid qilgan.
Biroq Markaziy saylov komissiyasining tarqatgan xabarlariga köra, Maduro öz lavozimida qolişi uçun yetarli körsatkiç — 51 foiz töplaşga muvaffaq bölgan, Urrutia 44 foiz ovoz töplagan.
AQŞdagi saylovlar oldidan
Bloomberg naşri xabariga köra, demokratik partiyadan AQŞ prezidentligiga nomzod Kamala Harris jamoasi vitse-prezidentlikka nomzodlar röyxatini körib çiqmoqda. Xarris 7 avgustgaça öz nomzodini tanlaşi kutilmoqda.
Agentlik manbalariga köra, Harrisning potensial nomzodlar röyxatiga Arizonadan senator va sobiq astronavt Mark Kelli, Pensilvaniya gubernatori Joş Şapiro va Minnesota gubernatori Tim Uolz kiradi.
Naşrga köra, Xarris röyxatidagi nomzodlarning aksariyati «markaziy qaraşlarga ega oq tanlilar» bölib, ular ikkilanayotgan ştatlardagi saylovçilar, taniqli tadbirkorlar va donorlar ovozini jalb qilişga yordam beradi.
Bundan taşqari, qisqa röyxatdagi amaldorlar «Tramp va uning otaşin siyosiy uslubiga hujum qiliş tajribasi»ga ega. Kamala Harrisning bölajak ittifoqçisi unga «kampaniyani ötkazişda va uning nomidan pul yiğişda yordam beradi, kuçli tomonlarini töldiradi va zaif tomonlarini qoplaydi», deb ta’kidlaydi Bloomberg.
Malida öldirilgan “vagner”çilar
Yevgeniy Prigojin asos solgan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga Afrikaning Mali davlatida tuareg isyonçilari hujum qilgan önlab yollanma jangarilar öldirilgan.
Voqea Mali şimolida röy bergan. Jazoir bilan çegara yaqinida Mali hukumat qöşinlari va ittifoqdoş «Vagner» yollanma askarlaridan iborat kolonna tuareglar ustunlik qiladigan qurolli guruhlar koalitsiyasi bilan jangda rus jangarilari mağlub bölişgan.
Associated Press tomonidan tarqatilayogan ma’lumotlarga köra, ikki kunlik jang natijasida tuareglar Mali armiyasi va rus yollanma askarlari kolonnasini «mağlubiyatga uçratişgan», gap «önlab» halok bölganlar va yaralanganlar haqida ketyapti.
Ayrim Rossiya yollanma askarlari va Mali askarlari qoçib ketişgan, boşqalari taslim bölişgan.
Avvalroq Mali armiyasi isyonçilar hujumida ikki askar halok bölgani va 10 nafari yaralangani haqida bayonot tarqatgan edi. Şu bilan birga, rossiyalik Z-blogerlar Afrikada harbiy muxbir va «Vagner» XHK bilan boğliq bölgan Grey Zone Telegram-kanali muallifining ölimi haqida yozişmoqda.
Olimpiadadan quvilgan jurnalistlar
Parijda ötayotgan yozgi olimpiadadan TASS jurnalistlari quvib yuborildi.
Olimpiada öyinlari taşkiliy qömitasi Rossiyaning TASS davlat agentligining tört nafar jurnalistiga berilgan akkreditatsiyani qaytarib olgan. Bu haqda TASSning özi xabar bermoqda.
Ta’kidlanişiça, bunga Fransiya hokimiyatining Fransiya içki xavfsizlik Kodeksiga havola qilinayotgan qarori asos bölgan.
Avvalroq Olimpiada öyinlariga Rossiyaning RIA Novosti agentligining beş nafar xodimi qöyilmagan edi. Parijdagilar Rossiya davlat OAVlari xodimlariga ularni josuslikda gumon qilib akkreditatsiya bermasligini bildirgan.