«Taşabbusli budjet»ning amaldagi tartibiga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Boş vazir örinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov parlament quyi palatasiga bergan axborotida ma’lum qilindi.
Xususan, quyidagi özgarişlarni amaliyotga kiritiş rejalaştirilyapti:
- aholi soni kiçik bölgan mahallalarga ğolib böliş imkoniyatini yaratiş maqsadida doimiy tarzda ğolib bölib kelayotgan mahalla (taşkilot)larga tanaffus e’lon qiliş amaliyotini joriy etiş;
- xodimlarni majburiy ovoz töplaşga jalb etiş holatlarini bartaraf etiş maqsadida ovoz beriş bosqiçi muddatini 10 kunga kamaytiriş, majburiy ovoz töplangan loyihalarni ğolib loyihalar röyxatidan çetlatiş amaliyotini joriy etiş;
- xalq deputatlari hududiy kengaşlarining vakolatlarini kengaytiriş maqsadida tuman (şahar) budjetidan qöşimça mablağ ajratiş hisobiga ğolib bölmagan loyihalarni qöşimça ğolib sifatida e’lon qiliş amaliyotini joriy etiş.
Uşbu hujjat loyihasi işlab çiqilib körib çiqiş va tasdiqlaş uçun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.








