Rossiyaning ikkinçi tinçlik sammitida iştirok etişi uruşni tugatiş yölida qandaydir real natijalarga erişiş uçun zarur. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Fransiyaning Le Monde naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Men işonamanki, Rossiya noyabrdagi ikkinçi tinçlik sammitida iştirok etişi kerak, aks holda biz haqiqiy natijalarga erişa olmaymiz. Men ularning umumiy [tinçlik] rejamizni tayyorlaşga tösqinlik qilişlarini xohlamayman. Agar butun dunyo ularni [muzokaralar] stolida körişni istasa, biz bunga qarşi böla olmaymiz», dedi Zelenskiy.
Zelenskiy muzokaralar uçun dastlabki şartlar haqidagi savolga javob berar ekan, adolatli tinçlik Ukraina hududiy yaxlitligini tiklaş imkoniyatini öz içiga olişi kerakligini aytdi va bunga «qurol yordamida erişiş şart emas»ligini ta’kidladi. «Agar Rossiya xohlasa, biz bu muammolarni diplomatik yöl bilan hal qila olamiz», dedi u.
Hududlarni yöqotiş ehtimoli haqidagi savolga javoban Zelenskiy «Ukrainaga rasman heç kim heç narsa taklif qilmagani» va hukumat Konstitutsiyaga köra, kimgadir hudud bera olmasligini ta’kidladi. «Bu sodir bölişi uçun Ukraina xalqi buni xohlaşi kerak», deb qöşimça qildi u.
Zelenskiy avval ham Rossiya ikkinçi tinçlik sammitida iştirok etişi kerak degan fikrni bildirgan edi. Qöşma Ştatlar bu ğoyani agar Ukrainaning özi xohlasa, qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Tinçlik sammiti yil oxirigaça bölib ötişi kutilmoqda. Ukraina uşbu tadbirni 5 noyabr kuni bölib ötadigan AQŞ prezidentlik saylovi oldidan ötkazişni rejalaştirmoqda.
Moskva hozirça sammitda qatnaşişga rozilik yoki rad etiş haqida rasman ma’lum qilmagan.









