Özbekiston Statistika agentligi, Jahon banki missiyasi bilan birgalikda, yaşirin iqtisodiyotni ham inobatga olgan holda, mamlakat yalpi içki mahsuloti hajmini qayta baholaşdan ötkazdi.

Agentlik 2023 yil yakunlari böyiça Özbekiston YaIM 90,8 mlrd dollarni taşkil etganini bildirgan edi. Norasmiy va yaşirin iqtisodiyotni ham qöşgan holda amalga oşirilgan qayta baholaş natijalariga köra, bu körsatkiç 10,7 mlrd dollarga oşib, 101,6 mlrd dollarni taşkil etgan.

Tadqiqot natijalari 31 iyul kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazidagi anjumanda ma’lum qilindi.

Tadbirda qatnaşgan Xalqaro valuta jamğarmasining real sektor statistikasi böyiça mutaxassisi Levan Gogoberişviliga köra, norasmiy iqtisodiyotni hisobga olgan holda milliy hisoblarni qayta körib çiqiş – statistik ma’lumotlarning töliqligini ta’minlaş va iqtisodiyotning holati haqida aniqroq tasavvurga ega böliş imkonini beradi.

Gogoberişvilining aytişiça, Özbekistonning milliy statistik körsatkiçlari böyiça 2019 yilda ötkazilgan qayta körib çiqiş natijasida asosiy özgarişlar qişloq xöjaligi ma’lumotlariga tegişli bölgan. 2024 yildagi qayta körib çiqiş davomida esa raqamlardagi asosiy özgarişlar quriliş, mehmonxonalar va restoranlar, soğliqni saqlaş, ta’lim va boşqalarda qayd etilgan.

XVJ vakiliga köra, qayta baholaş natijasida nominal YaIM darajasi taxminan 10-12 foizga oşadi. Şu bilan birga, real YaIM ösiş sur’atining maksimal özgarişi taxminan 0,8 foiz punktgaça böladi.

Qayta baholaş qanday ötkazilgan?

Norasmiy va yaşirin iqtisodiyotni baholaş tanlanma statistik kuzatuvlar va ma’muriy ma’lumotlar asosida amalga oşirilgan.

Tadqiqot respublika böyiça 14 ta hududda olib borilgan. Xususan, 2023 yilning iyul-avgust oylarida Xalqaro valuta jamğarmasi texnik kömak missiyasi jalb etilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida jami 165 ta tuman böyiça 7 mingdan ziyod uy xöjaliklarining yaşaş va ovqatlaniş, transport, madaniyat, ta’lim, soğliqni saqlaş va boşqa xizmatlariga xarajatlari sörovnoma asosida örganilgan.