2023 yilda Özbekistonining yalpi içki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 kvadrillion 66,5 trln sömni taşkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston iqtisodiyoti 2023 yilda 6 foizga ösgan.
Xususan, sanoat tarmoğining ösişi 6 foizni taşkil etib, YaIM ösişiga qöşgan hissasi 1,5 foiz punktga, qişloq, örmon va baliq xöjaligining ösişi 4,1 foizni taşkil etib, YaIM ösişiga qöşgan hissasi 1 foiz punktga, xizmat körsatiş sohasining ösişi 6,8 foizni taşkil etib, YaIM ösişiga qöşgan hissasi 2,6 foiz punktga baholangan.
Şuningdek, quriliş sohasi 6,4 foizga, sof soliqlar miqdori 7,4 foizga ösgan.
Ötgan yili respublika iste’mol sektorida inflatsiya darajasi 8,8 foizni taşkil etgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari örtaça 9,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari esa örtaça 7,7 foizga qimmatlaşgan.
2023 yilda AQŞ dollarining sömga nisbatan örtaça rasmiy kursi 11 741 sömga teng bölgan. Şunga köra, mazkur kurs böyiça hisoblangan YaIM hajmi 90 mlrd 841 mln dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilga nisbatan 10 mlrd 457 mln dollarga köp.
Ötgan yili aholi jon boşiga hisoblangan YaIM hajmi 29,3 mln söm (ösiş 16,3 foiz) yoki 2494 dollarga (ösiş 9,4 foiz) yetgan. Bunda, yil davomidagi doimiy aholi soni örtaça 36 mln 412 ming kişi deb olingan.













