HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning öldirilişi «öt oçişni töxtatişga erişiş imkoniyatiga yordam bermadi».

Bu haqda AQŞ prezidenti Jo Bayden Turkiya Milliy razvedka taşkiloti (MİT) tomonidan muvofiqlaştirilgan mahbuslarni almaşiş amaliyoti doirasida mamlakatga qaytgan uç AQŞ fuqarosi bilan uçraşiş uçun borgan Endryus havo kuçlari bazasida jurnalistlarga aytib ötdi.

Haniyaga qilingan suiqasd Ğazoda öt oçişni töxtatişga erişiş imkoniyatiga qanday ta’sir qilgani haqida söralganda, Bayden «Yordam bermadi», deb javob qaytardi.

Bayden Yaqin Şarqda keskinlik kuçayib borayotganidan «juda xavotirda» ekanini aytdi va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan «juda batafsil» suhbatlaşganini ta’kidladi.

«(Suhbat davomida) men aniq aytdim. Bizda öt oçişni töxtatiş uçun asos bor. (Netanyahu) tegişli qadam taşlaşi kerak. Ular şu yöldan borişlari kerak», – dedi davlat rahbari.

Oq uy avvalroq Bayden va Netanyahu örtasidagi telefon suhbati haqida xabar bergan edi.

Bayonotda Bayden Netanyahuga Isroil xavfsizligini kafolatlagani, «prezident Isroilning Eron va uning HAMAS, «Hizbulloh» hamda husiyçilar kabi terrorçilik tarmoğidan kelayotgan barça tahdidlardan xavfsizligini ta’minlaşga sodiqligini qayd etgani» aytiladi.

Tehronda HAMAS yetakçisining öldirilişi

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronga kelgandi. 

Islom inqilobi muhofizlari korpusi 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi. 

Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyuştirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berişdan özlarini tiyib turibdi.

Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Maşal örnini egalladi.