Rossiya va Ğarb örtasida mahbuslar almaşinuvi: kim ozod etildi va ular nima uçun hibsga olingandi?
|13:36 / 03.08.202419 16615 min
Rossiya 1 avgust kuni qator Ğarb davlatlari bilan mahbuslarni almaşdi. Ozod etilganlar orasida Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç va AQŞ dengiz piyodalarining sobiq xodimi Pol Uilan ham bor.
Vadim Krasikov va Vladimir Putin Foto: «RIA Novosti»Vadim Krasikov va Vladimir Putin Foto: «RIA Novosti»
Rossiya va ayrim Ğarb davlatlari, jumladan, AQŞ hamda Germaniya örtasida 1 avgust kuni mahbuslar almaşinuvi bölib ötdi. Ozod etilganlar orasida Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç va AQŞ dengiz piyodalarining sobiq xodimi Pol Uilan ham bor. Bitim doirasida Germaniya rossiyalik killer Vadim Krasikovni ozod etdi.
Bir neça kun davomida Rossiya va Ğarb davlatlari örtasida mahbuslar almaşinuvi amalga oşirilişi töğrisida miş-mişlar tarqaldi, Rossiya qamoqxonalarida saqlanayotgan ayrim mahbuslar noma’lum joyga olib ketilgaç, uşbu farazlar öz tasdiğini topa boşladi.
Evan Gerşkoviç
Kamala Harris, Jo Bayden va Evan Gerşkoviç
Foto: AP Photo
Amerikalik jurnalist Evan GerşkoviçRossiyada josuslikda ayblanib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Wall Street Journal muxbiri xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 2023 yilning martida, Yekaterinburg şahriga safari davomida hibsga olingan.
Prokurorlar uni Markaziy razvedka boşqarmasiga işlaşda aylagan, biroq Gerşkoviç, WSJ va AQŞ hukumati uşbu ayblovlarni rad etgan. Bu «Sovuq uruş» yakunlangandan beri Rossiyada amerikalik jurnalist josuslikda ilk bor ayblanişi edi.
Pol Uilan
Pol Uilan \ Foto: AP Photo
54 yoşli Pol Uilan 2018 yili Moskvada josuslikda gumonlanib hibsga olingan va 2020 yilda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. AQŞ dengiz piyodalari safida xizmat qilgan Pol tört davlat — AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiya fuqarosi hisoblanadi.
2008 yilda yomon xulqi uçun armiya saflaridan böşatilgan Uilan xavfsizlik böyiça konsultantga aylangan va iş böyiça Rossiyaga qatnagan. 2018 yilda u Rossiya FXX xodimlari tomonidan qölga olinadi va Moskvada «josuslik qilayotganida uşlangani» aytiladi. Uning oilasi Polga qöyilgan ayblovni doim rad etib kelgan.
Mavzuga oid
Alsu Kurmaşeva
Alsu Kurmaşeva \ Foto: AP Photo
Gerşkoviçga hukm öqilgan kunda Rossiya—Amerika jurnalisti Alsu Kurmaşeva yopiq sud orqali 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
U AQŞ hukumati tomonidan moliyalaştiriladigan «Ozodlik radiosi»ning muharriri hisoblanadi va Rossiya harbiylari haqida yolğon axborot tarqatişda ayblangan.
Uning eri Pavel Butoringa köra, jurnalist ötgan yili Ukrainaga qarşi uruşayotgan rossiyaliklarning hikoyalari jamlangan kitobni çop etgani sabab hibsga olingan. Kurmaşeva AQŞ va Rossiya fuqaroligiga ega bölib, turmuş örtoği va ikki nafar qizi bilan Pragada yaşardi. 2023 yil iyunda u onasini köriş uçun Rossiyaga kelganida uşlangan.
Vladimir Kara-Murza
Vladimir Kara-Murza \ Foto: «Meduza»
Putin siyosati, Ukrainadagi uruşga qarşi çiqişlari bilan tanilgan Vladimir Kara-Murza 2023 yil aprelida «davlatga xiyonat», Rossiya armiyasi töğrisida «feyk» tarqatiş hamda «istalmagan» taşkilot faoliyatini yuritişda ayblanib, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Vladimir Kara-Murza 2022 yil aprelidan buyon Omsk şahridagi 7-sonli axloq tuzatiş koloniyasida hibsda edi, 2023 yil martida advokatlar unga polineyropatiya taşxisi qöyilgan. Rossiyada bunday kasallikka çalingan şaxslar hibsda saqlab turilişi mumkin emas.
Koloniyada siyosatçini jarima izolyatoriga taşlaşgan, iyun oyida esa bir kamerali tipidagi xonaga ötkazilgan. Kara-Murzaning advokatlari bu qaror uning salomatligi va hatto hayotiga xavf tuğdirişi mumkinligini qayd etişgandi.
Ilya Yaşin
Ilya Yaşin \ Foto: «Meduza»
Rossiyadagi eng yorqin muxoliflardan biri hisoblangan Ilya Yaşin 2022 yilda mamlakat armiyasi haqida «feyk yangiliklarni tarqatganlik»da ayblanib, hibsga olingan. 2022 yil dekabrda Moskva Meşçan sudi muxolifatçini 8,5 yil muddatga umumiy tartibli koloniyaga hukm qiladi.
Jinoiy iş oçilişiga Yaşin öşa yil 7 aprelida YouTube kanalidagi jonli efirida Ukrainaning Buça şahrida tinç aholi vakillari öldirilgani haqida gapirgani sabab bölgandi.
Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylarning Buçadagi jinoyatlari töğrisidagi xabarlarni «provokatsiya» deb atagan, köçalarda jasadlar yotgani aks etgan kadrlarni — «tomoşa qöyiş» deb baholagan. Prokuror ham sudda mazkur versiyani takrorlagan. Muxolifatçi aybiga iqror bölmagan. U suddagi sönggi sözida Rossiya qöşinini Ukrainadan olib çiqişga çaqirgan.
Oleg Orlov
Oleg Orlov \ Foto: TASS
Oleg Orlov — rossiyalik inson huquqlari himoyaçisi, u fevral oyida Rossiyani faşistik davlat deb atab, Ukrainada uruşni qoralagani uçun hibsga olingan. Moskvadagi Golovinskiy rayon sudi armiyani «obrösizlantiriş» işi böyiça yangi hukm çiqargan va Orlovni ikki yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etgandi. Orlov — «inoagent» deb topilgan va sud qarori bilan tugatilgan «Memorial» inson huquqlari markazi hamraisi edi. RF adliya vazirligi uning özini 2023 yil dekabrida «inoagentlar» röyxatiga kiritgandi.
Huquq faoliga qarşi iş uning «Ular faşizmni istaşgandi. Ular şunga ega bölişdi» sarlavhali uruşga qarşi maqolasi tufayli oçilgan. U mazkur maqolaning fransuz tilidan tarjimasini (Mediapart naşrida e’lon qilingan) feysbukdagi sahifasiga joylaştirgan.
Liliya Çanişeva
Liliya Çanyşeva \ Foto: «Meduza»
Hukumat tomonidan ekstremizmda ayblangan Liliya Çanişeva 9,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Liliya Çanişeva 2021 yil noyabridan buyon hibsda edi. U 2021 yil sentabrida Navalniy va uning tarafdorlariga qarşi qözğatilgan «ekstremistik jamiyat» tuziş böyiça işda birinçi bölib qölga olingan. 2024 yil mayida — Boşqirdiston oliy sudi Çanişevaning qamoq muddatini yetti yarim yildan töqqiz yarim yilga oşirganidan keyin — RT propagandaçi kanali u Rossiya prezidenti nomiga afv etiş töğrisida ariza yozgani haqida xabar tarqatadi. Jurnalistlar bilan suhbatda Çanişevaning advokati Ramil Gizatullin bu mavzuda muhokama bölganini tasdiqlagan.
Kseniya Fadeyeva
Kseniya Fadeyeva \ Foto: Getty Images
Ötgan yil oxirida Tomskdagi sud Aleksey Navalniyning hududiy ştabi sobiq boşliği Kseniya Fadeyevani «öz mansab vakolatidan foydalangan holda ekstremistik jamiyat taşkil etiş» va «fuqarolarning şaxsi va huquqlarini kamsituvçi notijoriy taşkilot faoliyatida iştirok etiş»da ayblab, töqqiz yilga qamagandi.
Uning advokatlari ayol taşkilot 2021 yilda ekstremistik deya tan olinganidan keyin hamkorligini töxtatganini ta’kidlagan. Sönggi yillarda Navalniyning köplab sobiq xodimlari va ittifoqçilari Rossiyadan çiqib ketişga majbur bölayotgandi.
Saşa Skoçilenko
Saşa Skoçilenko \ Foto: Telegram / Pevçix
2023 yil noyabrida Peterburg sudi rassom Saşa Skoçilenkoni Rossiya armiyasi töğrisida «feyk» tarqatişda ayblab, yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etgandi.
Skoçilenko uruşga qarşi aksiyalari uçun ta’qib ostiga olingandi: 2022 yil aprelida rassom dökondagi narxlar yozilgan qoğozlarni Ukrainadagi uruş qurbonlari soni haqidagi ma’lumotlar va rus qöşini bosqinini töxtatişga çaqiruvçi stikerlar bilan almaştirib qöygan edi.
Kevin Lik
Kevin Lik \ Foto: «Meduza»
Ötgan yil oxirida Şimoliy Kavkazdagi Adigey respublikasi sudi Germaniya va Rossiya fuqarosi bölgan 18 yoşli Kevin Likni «davlatga xiyonat» işi böyiça tört yilga ozodlikdan mahrum etgandi.
Ayblov versiyasiga köra, u 2021 yil 23 dekabrdan 2023 yil 8 fevralga qadar bölgan muddatda Maykopdagi Rossiya harbiy qismi «dislokatsiya joyi»ni «vizual kuzatgan» va fotosuratga olgan, keyin esa suratlarni elektron poçta orqali «xorijiy davlat vakili»ga yuborgan.
Riko Kriger
Riko Kriger \ Foto: «Meduza»
Germaniya fuqarosi Riko Kriger Belarusda portlovçi modda örnatişda ayblanib, ölimga hukm etilgandi. Biroq joriy hafta boşida mamlakat rahbari Aleksandr Lukaşenko uni afv etgan.
Davlat OAV bilan uyuştirilgan intervyuda u Ukraina körsatmasiga binoan harakat qilganini aytgan. Kriger Belarusda ölimga hukm qilingan Ğarbning birinçi fuqarosi.
Andrey Pivovarov
Andrey Pivovarov \ Foto: «Meduza»
Rossiyalik muxolifatçi Andrey Pivovarov sobiq oligarx Mixail Xodorkovskiy tomonidan oçilgan «Oçiq Rossiya» fondiga rahbarlik qilib kelgan. 2021 yilda u rahbariyatni «keraksiz taşkilot» ekanlikda ayblab, Sankt-Peterburg orqali mamlakatdan çiqib ketayotganida uşlangan.
Diter Voronin
Rossiya va Germaniya fuqarosi hisoblangan Diter Voronin «xiyonat»da ayblanib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Moskvaga köra, u hozirda ham panjara ortida qolayotgan jurnalist Ivan Safronovdan maxfiy harbiy ma’lumotlarni qölga kiritgan.
Patrik Şobel
Patrik Şobel \ Foto: BBC
38 yoşi nemis joriy yil boşida Sankt-Peterburgda qölga olingan edi — uning yonida tarkibida kannabis bor marmelad paketi topilgan. Şundan söng u giyohvand moddalar savdosiga ayblangan.
Şobel sudda uşbu şirikliklarni ötgan yili Germaniyada sotib olgani, undan uzoq parvozlarda yaxşi uxlaşi uçun foydalanişini bildirgan. U kannabis mahsulotlari Rossiyada taqiqlanganidan xabar bölmaganini aytgan.
German Moyjyes
Rus-nemis immigratsiya advokati va velosport faoli Moyjyes may oyida hibsga olinganidan keyin davlatga xiyonatda ayblangan. Uning işi böyiça ma’lumotlar kam, biroq huquqbonlarning taxminiça, ayblovga Germanning Rossiya fuqarolariga Yevropa hujjatlari yoki fuqaroligini olişda körsatgan yordamlari sabab bölgan.
Vadim Ostanin
Vadim Ostanin \ Foto: Reuters
Ostanin Aleksey Navalniyning Barnauldagi mintaqaviy bölinmasi rahbari bölib, 2023 yilda 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Mahbuslar almaşinuvida qatnaşgan Navalniyning boşqa vakillari kabi u ham ekstremistik taşkilot a’zosi bölganlikda ayblangan.
Ğarb tomonidan ozod etilgan mahbuslar
Vadim Krasikov
Vadim Krasikov
Rossiyaga qaytarilgan eng maşhur mahbuslardan biri — bu Federal xavfsizlik xizmati xodimi Vadim Krasikov bölib, u 2019 yilda sodir etgan qotilligi uçun Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm etilgandi.
Sud davomida prokurorlar u Rossiya berilgan buyruqlar ostida harakat qilganini va u FXXning maxfiy «Vimpel» bölinmasi a’zosi ekanini aytgan.
Vadim Krasikov ustidan sud 2020 yil 7 oktyabrda boşlanadi va 14 oy davom etadi. 2021 yil 15 dekabrda hukm — umrbod qamoq jazosi e’lon qilinadi. Hukm e’lon qilinganidan keyin Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok «davlat buyurmasi ostidagi qotillik» «Germaniya Federativ Respublikasi suvereniteti va german qonunçilik normalarining qöpol buzilişi» ekanini ta’kidlaydi. Şu bois Germaniya hukumati Rossiyaning mamlakatdagi ikki nafar diplomatini persona non grata deya e’lon qiladi.
Roman Seleznev
Roman Seleznev \ Foto: Getty Images
Roman Seleznev 2017 yilda 169 million dollar zarar keltilgan xakerlar sxemasi böyiça aybdor deya topilgan. Amerikalik amaldorlarga köra, u restoranlardagi kredit kartalari ma’lumotlarini öğirlab, ularni «qora bozor»da sotgan.
U 2009-2013 yillar oraliğida sodir etgan jinoyatlari uçun 27 yil muddatga qamalgandi. Adliya vazirligiga köra, Seleznev minglab korxonalarning kredit kartalari raqamlarini öğirlaşiga yordam bergan dasturiy ta’minotdan foydalangan. Uning otasi Valeriy Seleznev — deputat va Putinning ittifoqçisi.
Vadim Konoşenok
Vadim Konoşenok \ Foto: AQŞ Adliya vazirligi
Vadim Konoşenov 2022 yili AQŞda Rossiya hukumati manfaatlari uçun kelişilgan xaridlar va «pul yuviş»da ayblangan. U Federal xavfsizlik xizmati agenti deya hisoblab kelingan.
AQŞ Adliya vazirligiga köra, Konoşenov şeriklari bilan harbiy maqsadlarda foydalaniş mumkin bölgan yuqori ta’sirçan elektron ehtiyot qismlarni eksport qilgan.
Artyom va Anna Dulsevlar
Artem Dulsev va Anna Dulseva \ Foto: BBC
Avvalroq Lyublana okrug sudi Sloveniyada Lyudvig Giş va Mariya Meyyerga tegişli Argentina pasportlari bilan yaşab kelgan rossiyalik er-xotin Artyom va Anna Dulsevlarga hukm çiqargandi.
Dulsevalar josuslik işi böyiça 1 yil 7 oy muddatga koloniyaga hukm qilingan. Ular 2022 yil dekabrda qölga olinganidan beri aynan şunça muddat hibsda saqlanib kelinayotgan edi. Rossiyaliklar öz aybiga iqror bölgan. Sud yopiq rejimda ötkazilgan.
Mixail Mikuşin
Universitetda öqituvçilik qilgan Mikuşin 2022 yilda Norvegiyada Rossiya foydasiga razvedka ma’lumotlarini töplaşda ayblangan. Norvegiya hukumati uning yonidan Braziliya pasportini topgan va 2021 yildan beri u Tromsyo universitetida ilmiy xodim bölib işlagan.
Ma’lumotlarga köra, u Xose Assis Jammariya ismi ostida faoliyat yuritgan. Şuningdek, Mikuşin yoşini ham yaşirgan: ayblov e’lon qilingan vaqtda u 37 emas, balki 44 yoşda bölgan.
Vladislav Klyuşin
Vladislav Klyuşin \ Foto: «RIA Novosti»
Klyuşin 2021 yilda AQŞ hukumatining talabi bilan Şveytsariyada hibsga olingan. U 2023 yilda aybini tan oliş böyiça bitimni rad etganidan keyin insayderlik ma’lumotlar savdosi uçun 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Tergov davomida uning 2016 yilda AQŞda ötkazilgan prezidentlik saylovlarida Donald Tramp foydasiga iş körgani taxmin qilinadigan harbiy razvedka sobiq ofitseri Ivan Yermakov bilan aloqasi borligi aniqlangan.
Pablo Gonsales (Pavel Rubsov)
Pablo Gonsales \ Foto: «Exo Moskvi»
Ispan-rus jurnalisti 2022 yil fevralda Polşada qölga olingan va unga Rossiya harbiy razvedkasi bilan aloqadorlik hamda josuslik ayblovlari qöyilgan.
Rubsov Moskvada muhojirlar oilasida dunyoga kelgan va bolaligida Ispaniyaga köçib ötib, Pavel Gonsales ismini olgan. Hibsga olinganidan keyin Amnest International hamda «Çegara bilmas muxbirlar» iştirokida uni ozod etiş böyiça kampaniya boşlangan edi.