Avgust oyi boşida sovuq uruş davridan beri Ğarb va Rossiya örtasida eng yirik mahbuslar almaşinuvi bölib ötdi. Xöş, almaşilganlar kimlar va mavjud siyosiy dinamikada qanday öringa ega? Mavzu yuzasidan tahlilçilar Şuhrat Rasul va Kamoliddin Rabbimov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

— Şusiz ham keskin munosabatlarda bölgan ikki qutbning mahbuslar almaşinuvining motivlari nimada?

— Şuhrat Rasul: Sovuq uruş davrida ham ikkita muhim siyosiy almaşuvlar bölgan edi. Birinçisi, amerikalik uçuvçi Pavles bilan rossiyalik josus Aberning almaşuvi. Şuningdek, 1970-yillar örtalarida dissident Vladimir Bukovskiy Çilining kommunistik partiyasi yetakçilaridan biri Luiz Karvalanga almaştirilgandi.

Rossiya tarixida ham, sovet ittifoqi davrida ham bunday guruh-guruh bölib almaşuv ötkazilmagandi. Bu almaşuv bölişiga asosiy sabab – Navalniyning favqulodda Rossiya qamoqxonasida vafot etgani böldi, bu orqali Rossiya bu işni bostirişni maqsad qilgan bölişi kerak. Va Navalniyning siyosiy obrösi bilan teng darajada turadigan şaxslar örtasida siyosiy almaşuv bölib ötdi.

— Kamoliddin Rabbimov: Navalniyning ölimidan keyin ğarbdagi inson huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotlar huquq faollarini Rossiya qamoqxonalaridan olib çiqiş zarurligi haqida bong ura boşlaşdi. Çunki oxirgi ikki yil içida Rossiyadagi siyosiy tuzum özgardi, endi Rossiya klassik-totalitar davlatga aylaniş uçun harakat qilmoqda. Ammo Rossiya iqtisodiyoti bunga yöl qöymaydi. Çunki bu yerda xususiy sektorning uluşi yuqori.

— Rossiyadan ozod etilganlar qanday ayblovlar bilan qamalgan edi?

— Kamoliddin Rabbimov: Bularning aksariyati keyingi 2-3 yil içida qamalgan şaxslar va ularning köpçiligi siyosatçilar. Rossiya demokratik davlat bölişi kerak, unda demokratik partiyalar, qonunçilik doimiy tarzda işlaşi kerak degan ğoyalarni ilgari surgan şaxslar aslida. Ukraina uruşiga qarşi, liberal qaraşga ega şaxslar.

— Şuhrat Rasul: Bu yerda Lev Yaşin Kiyevdagi Rossiya armiyasining jinoiy işlarini ijtimoiy tarmoqlarga olib çiqqani va şu töğrisida maqolalar yozgani uçun qamalgan bölsa, qolgan mahbuslar esa Rossiya armiyasini obrösizlantirdi degan ayblovlar orqali qamalgandi.