Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi. Qöşni davlat rahbari matbuot xizmati xabar berişiça, uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali şeriklikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Töqayev Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi ittifoqçilik va strategik hamkorlik munosabatlariga töxtalib, prezidentlar administratsiyalari örtasida yaqin aloqalar örnatiş orqali yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytiriş muhimligini qayd etgan.

Axborot-mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida, şuningdek, yoşlar siyosati sohasida özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştirişga alohida e’tibor qaratilgan.

Qozoğiston rahbari Ostonada «Zakovat» xalqaro intellektual öyinlari ötkazilişini qöllab-quvvatlagan hamda bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlaşuvida muhim ahamiyat kasb etişini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, bugun, 5 avgust kuni Özbekiston va Qozoğiston bilimdonlari “Zakovat”da bellaşadi.












