AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp Rossiya va Ğarb örtasidagi mahbuslar almaşinuvidan keyin Vladimir Putinni tabrikladi, deb yozadi Politico. Respublikaçining fikriça, uşbu bitimdan eng katta foydani Rossiya prezidenti körgan.
«Vladimir Putinni yana bir ajobiy bitim amalga oşirilgani bilan tabriklaşni istayman», — degan Tramp Atlantada ötkazilgan saylovoldi mitingida. Şu bilan birga, respublikaçi mahbuslar almaşinuvi oqibatida dunyodagi «eng maşhur qotillarning ayrimlari» ozodlikka çiqarib yuborilgani uçun amaldagi prezident Jo Bayden administratsiyasining harakatlarini tanqid qilgan.
«Öz odamlarimizni qaytardik, ammo, ey Xudo, biz juda yomon, dahşatli bitimlar tuzmoqdamiz», — degan Tramp.
Rossiya va ayrim Ğarb davlatlari, jumladan, AQŞ hamda Germaniya örtasida 1 avgust kuni mahbuslar almaşinuvi bölib ötdi. Ozod etilganlar orasida Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç va AQŞ dengiz piyodalarining sobiq xodimi Pol Uilan ham bor. Bitim doirasida Germaniya rossiyalik killer Vadim Krasikovni ozod etdi.
Rossiyaga qaytarilgan eng maşhur mahbuslardan biri — bu Federal xavfsizlik xizmati xodimi Vadim Krasikov bölib, u 2019 yilda sodir etgan qotilligi uçun Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm etilgandi. Sud davomida prokurorlar u Rossiya berilgan buyruqlar ostida harakat qilganini va u FXXning maxfiy «Vimpel» bölinmasi a’zosi ekanini aytgan.
Krasikovdan taşqari Rossiya Ğarbda omadsizlikka uçragan yan bir neçta josuslarni qaytarib olgan. Ular orasida — Artyom va Anna Dulsevalar, Razvedka boş boşqarmasi ofitseri Mixail Mikuşin, Rossiya Davlat dumasi deputatining öğli Roman Selezev ham bor. Bundan taşqari, Moskva Janna Nemsovani kuzatgan ispan jurnalisti Pablo Gonsales, AQŞda kiberjinoyatlari uçun qamalgan Vladislav Klyuşin va tadbirkor Vadim Konoşenok ham qölga kiritgan.







