Andijonda profilaktika inspektori dalillarni soxtalaştirişda ayblanib, jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Andijon şahar IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori, 1990 yilda tuğilgan U.S. bir neçta holatda hokimiyat harakatsizligi va dalillarni soxtalaştiriş jinoyatini sodir qilgan.
Xususan, u 2022-2023 yillarda 30 ga yaqin şaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning turli moddalari bilan qözğatilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid hujjatlarni sudga yuboriş yoki huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy jarima soliş va undiriş çoralarini körmagan. Şuningdek, 20 dan ortiq holatda töplangan hujjatlar böyiça aybdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar körmasdan fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazib, jinoyat sodir etilişiga yöl qöygan.
Bundan taşqari, U.S. fuqaro B.J tanişi P.M. urib, tan jarohati yetkazani holati böyiça yuzaki tergovga qadar tekşiruv ötkazib, tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi olinmasdan B.N. tan jarohati olmagani haqida hujjatlarga soxta yozuvlar kiritgan. Bu orqali holat yuzasidan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş töğrisida qaror qabul qilgan. Mazkur qaror şahar prokuraturasi tomonidan örganilib, jinoyat işi qözğatilgan hamda sud muhokamasiga yuborilgan.
U.S. jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro A.Ğ. tanişi A.M.ni urib, tan jarohati yetkazgani holati böyiça ham hujjatlarga soxta yozuvlar kiritgan va fuqaro A.Ğ., 3-son IIB boşliği Ş.Husanov örniga imzolar qöyib, jinoyat işi qözğatişni rad qiliş töğrisida qaror qabul qilgan. Mazkur qaror örganilganda A.Ğ.ga örtaça oğir tan jarohati yetkazilgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Profilaktika inspektori sudda öz aybiga iqror bölgan va qilmişidan puşaymonligini aytib, suddan öziga nisbatan adolatli qaror çiqarişni söragan.
Sud hukmi bilan U.S. Jinoyat kodeksining 208-moddasi (hokimiyat harakatsizligi), 230-1-moddasi 2-qismi “b” bandida (dalillarni soxtalaştiriş şaxsni uşlab turişga, qamoqqa olişga, jinoiy javobgarlikka tortişga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etişga, hukm qilişga yoxud oqlaşga sabab bölişi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga içki işlar organlari tizimida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Avvalroq Namanganda pora bilan “ötirib çiqib”, oqlangan IIB xodimi yana qamalgani xabar qilingandi








