Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) BMTning Falastinlik qoçqinlar böyiça agentligining (FQBA, UNRWA) 9 nafar xodimi bilan hamkorlikni töxtatdi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tergovi ularning HAMAS 7 oktyabr kuni Isroilga hujumiga aloqador bölişi mumkinligini tasdiqladi, deb xabar berdi dpa axborot agentligi 5 avgust, duşanba kuni.
«Töqqiz nafar şaxsga nisbatan ularning 7 oktyabrdagi teraktlarga aloqador bölişi mumkinligi haqida xulosa qiliş uçun yetarli dalillar bor», dedi BMT boş kotibi matbuot kotibi örinbosari Farhan Haq. Ularning iştiroki aynan nimadan iborat ekani aniqlaştirilmagan.
Isroil tomonidan 7 oktyabrdagi hujumda iştirok etganlikda ayblangan UNRWA xodimlaridan ikki nafari vafot etdi. Yana töqqiz nafar agentlik xodimiga nisbatan dalillar xulosa çiqariş uçun yetarli bölmagan, bir holatda esa umuman dalil yöq, deb yozadi Reuters.
UNRWA xodimlari terrorizmga aloqadorlikda ayblanmoqda
Yanvar oyida Isroil razvedkasi UNRWA kamida 19 nafar xodimi 2023 yil oktyabrida HAMASning Isroilga hujumida iştirok etganini bildirgan edi. Keyinroq Isroil UNRWA 450 dan ortiq xodimi Ğazodagi guruhlar harbiy xizmatçilari ekanini aytdi, deb yozadi Reuters.
UNRWA 1949 yilda taşkil etilgan va hozirda 30 000 dan ortiq xodim işlaydi. Taşkilotning belgilangan vazifalari orasida maktablar, ijtimoiy obektlar, tibbiyot markazlarini boşqariş, şuningdek, Ğazo sektoridagi 5,9 million falastinlik qoçqin örtasida gumanitar yordam tarqatiş bor.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 39 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.









