Germaniyaning Hugo Boss modalar uyi Rossiyadagi biznesini sotişni yakunladi. «Bizning Rossiyadagi şu’ba korxonamiz Hugo Boss mamlakatdagi uzoq yillik ulgurji hamkorlaridan biriga tegişli bölgan «Stokmann» OAJga sotilganini tasdiqlaşimiz mumkin», — deyiladi nemis kompaniyasi 5 avgust, duşanba kuni bergan bayonotida.
Kelişuv summasi oşkor etilmagan. Rossiya hukumati Ğarb kompaniyalaridan Rossiya Federatsiyasida öz biznesini sotadigan bölsa, ularga kamida 50 foiz çegirma taqdim etişni talab qilmoqda, deya xabar bermoqda Reuters. Unga köra, bitim 2 avgust kuni yopilgan. Yuridik şaxslarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga köra, «Stokmann» kompaniyasi «Xyugo Boss Rus» MÇJ 100 foiz uluşi 40 million rublga teng.
Bitimning şarti barça iş örinlarini saqlab qoliş edi
Aprel oyining oxirida Hugo Boss Rossiya hukumati bilan Rossiya biznesini sotiş böyiça kelişib oldi. Sotiş şartlaridan biri Hugo Boss’dagi barça iş joylarini saqlab qoliş edi. 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli hujumi boşlanganidan söng, Hugo Boss Rossiyadagi dökonlarini yopdi, şuningdek, Rossiya bozorida onlayn savdoni va reklamani töxtatdi.
Reuters ta’kidlaganidek, B4Ukraine kabi bir qator fuqarolik jamiyati taşkilotlari nemis kompaniyasini Rossiyaga ba’zi tovarlar yetkazib berişda davom etayotgani uçun tanqid qilgan va mamlakatni tark etişi uçun bosim ötkazgan. «Ulgurji biznesimiz nuqtayi nazaridan, biz şeriklarimiz oldidagi şartnoma majburiyatlarini bajardik, - dedi Hugo Boss vakili aprel oyida. - Kompaniya har doim amaldagi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga rioya qilgan».








