6 avgust kuni Parijdagi Olimpiya öyinlarida sportning sakkiz turida 15 ta medallar şodasi öynaldi.

Öyinlarning ikkinçi haftasida eng maşhur sport turlarida — jamoaviy öyinlarda medallar öynalmoqda.

Yengil atletika böyiça musobaqalarda beşta medal öynaldi.

Parij olimpiadasida asr voqeasi

Olimpiada. Yunon-rim kuraşi. -130 kg vazn toifasida final
Mixain Lopes Nunes (Kuba) — Yasmani Akosta Fernandes (Çili) — 6:0

6 avgust kuni Parijda yunon-rim kuraşi böyiça bahslar yakunlandi. 130 kilogrammgaça bölgan vazn toifasi finalida kubalik afsonaviy Mixain çililik Yasmani Akostani mağlub etgan holda faoliyatidagi beşinçi Olimpiya medalini qölga kiritdi.

Dastlab 2004 yilgi Afina olimpiadasida qatnaşgan Lopes çorakfinalda rossiyalik Xasan Baroyevga yutqazib, iştirokini töxtatgandi, Pekin-2008 dan boşlab keyingi beşta olimpiadaning har birida eng yaxşi böldi. U Xitoydagi öyinlar finalida litvalik Mindaugas Mizgaytisdan ustun kelgan, tört yil ötib Londonda estoniyalik Xeyki Nabini mağlub etgan, 2016 yilda esa turkiyalik Rizo Kayalpni yenggan, 2021 yilgi finalda gurjistonlik kuraşçi Yakob Kadjaya ustidan ğalabaga erişgan.

U Tokiodagi çempionlikdan keyinoq Aleksandr Karelinning rekordini yangilagan holda tarixdagi eng sovrindor kuraşçiga aylangandi. Rossiyalik kuraşçi faoliyati davomida olimpiya öyinlarining uçta oltinini qölga kiritgandi (Sidneydagi oxirgi iştirokida kumuş bilan kifoyalangan), Lopes esa törtta. Şu bilan birga, olimpiya öyinlarida şohsupaga çiqiş borasida ikki kuraşçining natijasi tenglaşgandi (törttadan), Parijda esa Mixain bu borada ham ustunlikka erişdi.

Boşqa sport turlarida olti, yetti va undan köp oltin medallarga ega çiqqan sportçilar ham bor, lekin baribir faqat Lopesning beşta oltin medalini afsonaviy deb hisoblaş mumkin.

Çunki kuraşçilar gimnastikaçilar, suzuvçilar, tennisçilar yoki eşkak eşuvçilardan farqli ölaroq tört yilda faqat bitta oltin qölga kiritiş imkoniga ega böladi. Kubalik sportçi esa bu imkoniyatdan barçadan yaxşiroq foydalangan. Oxirgi öyin yil mobaynida u Olimpiada öyinlarida biror marta mağlub bölmagan.

Parijda u birinçi raundda janubiy koreyalik Li Sun Çan tösiğidan ötdi (7:0), çorakfinalda eronlik Amin Mirzazoda unga qattiq qarşilik körsatdi (3:1), yarimfinalda esa ozarboyjonlik Saboh Şariatiy taslim etildi (4:1). Uning finaldagi raqibi Yasmani Akosta turkiyalik Hamza Bakir (3:1), misrlik Abdullatif Muhammad (2:1) va xitoylik Mena Ling Jye (1:1, oxirgi harakat uçun ğalaba)ni mağlubiyatga uçratgandi.