Erkaklik gormoni bölgan testosteron darajasi oşib ketganida ayblanayotgan 25 yoşli sportçi butun dunyodagi öng siyosatçilar va feministkalarning tanqidlari ostida qoldi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda Helifga nafrat tölqinini yoğdirişmoqda. Şunga qaramay, Iman bu uni sindira olmagani va şunçaki kuraşni davom ettiribgina qolmasdan, Parijda -66 kg vazn toifasida oltin medal olmoqçi ekanini aytgan. Şu bilan birga, uşbu jazoirlik qizni Xalqaro olimpiya qömitasi, inklyuzivlik tarafdorlari hamda söl siyosatçilar qöllaşmoqda. «Sport Ekspress» sport bölimi muharriri Oleg Şamonayev şu mavzuni tahlil qildi.

«U Jazoir bayroğini baland kötaradi»

Jazoirlik Helif va tayvanlik Yu Ting Lin 2023 yilda «tibbiy sabab»ga köra, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan diskvalifikatsiya qilingan. Ammo XOQ va IBA örtasidagi mojaro tufayli boksçilarga 2024 yilgi olimpiya öyinlarida iştirok etişga ruxsat beriş bilan maxsus komissiya şuğullandi, u esa uşbu sportçilarni çetlatiş uçun sabab topmadi. «Ikkisi ham qabul qiliş qoidalariga va barça tibbiy körsatkiçlarga mos keladi, — deyiladi XOQ press-relizida. — Uşbu ikki sportçiga qarşi qaratilgan bunday tajovuz töliğiça IBA qaroriga asoslangan, qaysiki tegişli protseduralarsiz qabul qilingan qarorga. Holbuki bu sportçilar bunga qadar köp yillar mobaynida yuqori darajadagi musobaqalarda iştirok etib kelişgan».

Jazoir olimpiya qömitasi boş kotibi Keyreddin Barbariy Imanga qarşi harakatlar yuzasidan şikoyat bildirgani va «boksçini himoyalaş» uçun XOQ bilan boğlanganini ma’lum qildi. Jazoir yoşlar va sport vaziri Abdurrahmadin Hammad ijtimoiy tarmoqlarda öz vatandoşining tarafini olib çiqdi: «Helif — bizning qizimiz, singlimiz va çempionimiz. Imanning şaxsiy hayoti — bosib bölmaydigan qizil çiziq. Men u qurboni bölgan OAVdagi ta’qiblarni keskin qoralayman».

Boksçi qizni jazoirlik maşhur futbolçilar ham qöllab-quvvatlaşdi. Masalan, Adlen Gediura tvitterda Ilon Maskning öziga hujum qildi. «Helif — Jazoirimiz faxri. U zör boksçi va siz biror ma’lumotni tarqatişdan oldin uni tekşirib olsangiz yaxşi bölardi», — deya yozgan Jazoir milliy jamoasining sobiq futbolçisi.

Jazoirlik yana bir futbolçi Ismael Binnosir uşbu boksçi qiz «asossiz nafrat tölqinidan aziyat çekkani», «uning Olimpiya öyinlariga borişi — iste’dod va qattiq mehnat samarasi» ekanini ta’kidlagan. «Biz u Jazoir bayroğini baland kötarişiga işonamiz», — deya xulosa qilgan «Milan» a’zosi.