Nima böldi?

Ayollar örtasidagi boks bahslarida -66 kg vazn toifasidagi italiyalik Anjyelina Karini 1/8 final doirasida jazoirlik Iman Helifga qarşi bahsning birinçi raundida jangni töxtatişga qaror qildi. Karini Xelifning kuçli zarbasidan söng 45-soniyadayoq uçraşuvni davom ettirişdan boş tortdi. Italiyalik boksçi qiz murabbiylarga jangni davom ettira olmasligini tuşuntirib, ringni közda yoş bilan tark etdi. Helif esa jang ğolibi deb topilib, çorakfinalga yöllanma oldi. Anjyelina esa bunday raqibga qarşi jang qiliş örniga Olimpiadani tark etişni afzal bildi.

«Dahşatli oğriqni his qildim, davom ettirişni istamayman»

Italiyalik boksçi testosteroni yuqori bölgan raqibiga qarşi jangni davom ettirişdan boş tortgaç, mağlubiyatni tan olmasligini aytdi.

«Men uçun bu mağlubiyat emas. Bu yerda böliş, Olimpiada bahsida ringga çiqiş men uçun şaraf», - deydi Karini jangdan keyin.

La Gazzetta dello Sport’ning qöşimça qilişiça, Karini birinçi rauddan keyin: «Dahşatli oğriqni his qildim, davom ettirişni istamayman», - degan. U ringni tark etgaç, raqibiga qöl uzatişni istamadi va «Bu adolatsizlik!», - deya baqirgan.

Iman Helif kim?

24 yoşli jazoirlik Iman Helif ayollar boksidagi eng mojaroli sportçilardan biri sanaladi. 2023 yilgi jahon çempionatida Iman rossiyalik Azaliya Aminevani mağlub etib, finalga çiqqaç, AIBA uni DNK-test topşirişga majbur qilgan va yakunda jazoirlik boksçida XY-xromosomalar aniqlanib, uning testosteroni yuqoriligi aniqlangan. Şu tariqa, u «fiziologik erkak» deb topilib, jahon çempionatidan diskvalifikatsiya qilingan edi.

Şunga qaramay, jazoirlik Iman Helif barça ayblovlarni rad etib, özining çetlatilişini adolatsiz qaror deb hisoblaydi.

MOQ nima deydi?

Milliy Olimpiya Qömitasi AIBA’ning Iman Helif böyiça qarorini tan olmaydi. Taşkilot jazoirlik sportçini ayol deb hisoblaydi, şu bois uning ayollar örtasidagi bahslarda iştirok etişiga ruxsat berilgan.