Suriya şarqidagi Dayr-az-Zor viloyatining bir qança hududlarida arab qabilalari va YPG (KIPning Suriya qanoti) örtasida töqnaşuvlar davom etmoqda.

7 avgust, çorşanba kuni ertalab YPG tomonidan bosib olingan hududlarda töqnaşuvlar yuz berdi. 

«Anadolu» agentligining mahalliy manbalarga tayangan holda ma’lum qilişiça, YPG/KIP va arab qabilalari viloyatning şarqiy va janubi-şarqiy çekkalaridagi töqqizta joyda şiddatli töqnaşuvga kirişgan. 

Arab qabilalari Busayra, Ibrehiyya, Elharijye, Tayyan, Ziban va Ellatva qişloqlaridagi YPG/KIP nazorat punktlari va qarorgohlariga hujum qildi. Şunga öxşaş töqnaşuvlar Dayr-az-Zorda avval ham sodir bölgan. 

YPG/KIPning Dayr-az-Zordagi mavjudligi 

YPG/KIP tomonidan AQŞ armiyasi kömagida IŞIDga qarşi kuraş ostida qölga olingan Dayr az-Zorning butun aholisi faqat arablardan iborat. 

Taşkilot özi egallab olgan hududlarda arab bolalarini öz safiga jalb qiladi.

Jangçilar neft quduqlarini egallab olgan va AQŞ sanksiyalariga qaramay, Damaşqqa kontrabandaçilar orqali sotmoqda. Olingan mablağlar harbiy harakatlarga sarflanadi, mahalliy aholi esa xizmat va yordamdan mahrum ekani aytiladi.