Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chegara bilmas shifokorlar»: Isroil G‘arbiy sohilda tibbiy xizmatdan foydalanishni to‘sib qo‘ydi
Isroil cheklovlari Xevronda yashovchi falastinliklarga katta azob-uqubatlar keltirmoqda va ularning ruhiy va jismoniy farovonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi MSF.
Foto: Anadolu Agency
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil hukumati tomonidan kiritilgan cheklovlar natijasida bosib olingan G‘arbiy sohildagi Al-Xalil (Xevron) shahri aholisi tibbiy xizmatlardan mahrum bo‘ldi. Bu haqda «Chegara bilmas shifokorlar» (Médecins Sans Frontières, MSF) tashkiloti hisobotida aytiladi.
Xabarda aytilishicha, vaziyat tezda yomonlashmoqda.
«Xevron aholisi Isroil armiyasi tomonidan kiritilgan cheklovlar hamda Isroil askarlari va Falastin yerlarini bosib olgan isroilliklarning zo‘ravonliklari tufayli tibbiy xizmatlardan foydalana olmaydi», — deyiladi hujjatda.
MSF Isroilning falastinliklar harakatlanishiga nisbatan cheklovlari «odamlar salomatligiga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda», deya ma’lum qildi.
Shuningdek, ko‘plab tibbiyot markazlari yopilganligi sababli zarur tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati to‘sib qo‘yilgani qayd etilgan.
«Isroil cheklovlari Xevronda yashovchi falastinliklarga katta azob-uqubatlar keltirmoqda va ularning ruhiy va jismoniy farovonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda», - deyiladi MSF gumanitar yordam direktori Frederik van Dongen hisobotida.
Mavzuga oid
12:17 / 05.05.2026
Isroilni qoralagan Yulduz Usmonovaning Nyu Yorkdagi konserti bekor qilindi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
09:38 / 30.04.2026