Özbekistonning Isroildagi elçixonasi uşbu davlatda istiqomat qilayotgan yoki vaqtinça bölib turgan özbekistonliklarga ogohlantiriş bilan çiqdi.

Elçixona Yaqin Şarq mintaqasidagi vaziyat keskinlaşişi ehtimoli mavjudligi munosabati bilan barça fuqarolarni huşyorlikka çaqirib, şaxsiy xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya etişni söradi.

“Quyidagi tavsiyalarga amal qilişingizni iltimos qilamiz:

Isroil davlat organlari, jumladan, Fuqaro front orti qömondonligi (Home Front Command) tomonidan berilayotgan rasmiy xabarlar va körsatmalarni muntazam kuzatib boring hamda ularga qat’iy amal qiling.

Yaşaş yoki iş joyingizga yaqin bölgan boşpana joylaşuvini oldindan aniqlab qöying.

Safar va harakatlanişni rejalaştirişda ehtiyotkorlikka rioya qiling, rasmiy çeklovlar va xavfsizlik bilan boğliq ogohlantirişlarni inobatga oling.

Şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni doimo özingiz bilan olib yuring, yaqinlaringiz bilan doimiy aloqada böling”, deyiladi ogohlantirişda.

Elçixona bilan boğlaniş uçun 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076 raqamlariga hamda favqulodda va şoşilinç holatlar uçun +972 54 485 1397 raqamiga qönğiroq qiliş mumkin.

“Iltimos, xotirjamlikni saqlang, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmang hamda faqat rasmiy manbalar axborotiga tayaning. Elçixona vaziyatni doimiy ravişda kuzatib bormoqda va zarurat tuğilganda qöşimça ma’lumot beradi”, deyiladi elçixona tomonidan.