Davolaniş uçun Namanganga borgan 28 yoşli navoiylik YPX xodimi fojiali tarzda vafot etadi. Uni urib ketgan Onix ösmir boşqaruvida edi. Bu maşina 16 yoşidagi tuğilgan kuniga otasining sovğasi bölgan va bola heç qanday hujjatsiz 2 yil maşina haydab yurgan.

Kun.uz va Jazoni ijro etiş departamenti hamkorligidagi navbatdagi körsatuv sönggi vaqtda köpaygan holat: voyaga yetmaganlarning rulga ötirişi oqibatida yuz berayotgan fojialar haqida. Bu mahkum şu sababdan öz jazo muddatini ötamoqda.

2025 yil 25 noyabr kuni Namangan şahri Islom Karimov köçasida fojiali yöl-transport hodisasi sodir böldi. Davolaniş uçun Namanganga kelgan Navoiy viloyati YPX xodimi Doniyor Nurullayev piyodalar ötiş yölagidan kesib ötayotgan vaqtda raqamsiz qora Onix uni urib ketdi.

“16 yoşimda otam maşina sovğa qildi”

Avtomobil içida ikki nafar voyaga yetmagan ösmir bölgan. Ular Instagram orqali jonli efir qilib ketayotgan edi. Rulda esa 16 yoşli Hasanboy Ziyovuddinov bölgan.

“2024 yilda, 16 yoşga tölgan kunim otam avtomaşina sovğa qilgandi. 16 yoşimda rulga ötirganman. 2025 yil 25 noyabr kuni şu özimga tegişli, qarindoşimning nomida bölgan maşinada Namangan şahrida Afsona yönalişidan Döstlik yönalişiga qarab ketayotgan edik. Yonimda döstim Instagramʼda töğridan töğri efir qilib ketayotgan edi. Islom Karimov köçasidagi gospital yonidan qayrilganimda şerigim birdaniga “odam” dedi. Tormozni bosganimda odamni urdim. Tuşsam, mendan 7 metr çamasi uzoqda ekan, borganimda közlari oçiq, nafas olayotgan edi. 103 çaqirdim, şifoxonaga olib ketişdi. Keyin IIB xodimlari kelib bayonnoma rasmiylaştirayotganda u odamning joni uzilganini eşitdim”, deydi mahkum.

Ammo bu Onix Hasanboy uçun şunçaki tuğilgan kun sovğasi emas edi. Bu 16 yoşli ösmirga berilgan erkinlik edi. Tergov materiallariga köra, u heç qanday haydovçilik huquqisiz ikki yil davomida avtomobil boşqarib kelgan. Şu vaqt içida uning avtomobili tört marta jarima maydonçasiga olib ketilgan. Har safar jarima tölanib, maşina qaytarib olingan. Oxirgi marta avtomobilni jarima maydonçasidan çiqarişga yordam bergan IIB xodimi ham ayni paytda jazo ötamoqda.