Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Saudiya Arabistoni podşohligi soğliqni saqlaş vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajil boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida oliy martabali mehmon Özbekiston rahbariga Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd, boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Sönggi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ayniqsa, “ACWA” kompaniyasi bilan yirik qöşma loyihalar amalga oşirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Taşrif doirasida Saudiya Arabistonining yetakçi kompaniyalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya bilan samarali muzokaralar ötkazilib, qator kelişuvlarga erişildi.
Muloqot davomida Özbekistonda tibbiyot sohasini raqamlaştiriş va modernizatsiya qiliş, farmatsevtika tarmoğini tartibga soliş, kadrlar tayyorlaş, köp tarmoqli şifoxona barpo etiş masalalariga e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida yangi loyiha hamda taşabbuslarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş va qabul qilişga kelişib olindi.

















