Dunyoning eng uzun rallisi bölgan uçinçi İpek Yolu Rally musobaqasi Turkiyaning Istanbul şahrida start oldi.

Poygada 7 davlatdan 30 sportçi iştirok etadi. Ralli 28 avgust kuni Möğuliston poytaxti Ulan-Batorda yakunlanişi rejalaştirilgan.

Iştirokçilar Turkiyadan keyin Eron, Ozarboyjon, Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston va Xitoy orqali Möğulistonga yetib boradi.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya Taşqi işlar vazirligi kömagida «Şarq-Ğarb döstlik va tinçlik rallisi» uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan musobaqaning oçiliş marosimida uyuşma prezidenti Nodir Serin, konsullik vakillari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari va nodavlat taşkilotlarining rahbarlari, şuningdek, köplab poygaçilar qatnaşdi.

«Bizda yetti xil davlatdan iştirokçilar bor: Germaniya, Italiya, Avstriya, Moldova, Fransiya, Angliya va Turkiya. Markaziy Osiyo biz uçun notaniş, ammo nihoyatda ajoyib yer. Bu bizning mintaqaga uçinçi safarimiz böladi. Biz bu mintaqaga Şarq va Ğarb sivilizatsiyasi tufayli ketyapmiz. Biz çin dildan öz hissamizni qöşişga va ilgari qarama-qarşi bölgan bu ikki sivilizatsiya örtasida köprik bölişga umid qilamiz», dedi Serin oçiliş marosimidagi nutqida.

Marosimdan söng, ralli iştirokçilari Sultonahmet maydonidan yölga çiqdi. Istanbuldan keyingi bekat Anqara böladi, 15 avtomobil va 30 nafar iştirokçi uzoq safarga yöl oladi.