Millionlab özbekistonlikni qamrab olib, 3 yil davom etadigan “aksiya”da özboşimçalik bilan egallab olingan 8 toifadagi obektlarga inson omili va qoğozbozliklarsiz kadastr hujjatlari beriladi. Kun.uz köpçilikni qiziqtirayotgan savollar bilan Adliya vazirligi boşqarma boşliği Uzoqbergen Jaksimurodov bilan suhbat taşkil etdi.

6 avgust kuni “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Uşbu qonun yuzasidan loyihani işlab çiqqan mas’ullar bilan intervyu taşkil qildik. Mehmonimiz – Adliya vazirligi boşqarma boşliği Uzoqbergen Jaksimurodov.

– Bu qonunni qabul qiliş uçun qanday sabab va asoslar bor edi?

– Bu qonun prezidentimizning ötgan yili Adliya vazirligiga yuklatilgan topşiriği asosida işlab çiqilgan bölib, 3 oydan söng kuçga kiradi va qonunda aniq sanab ötilgan 8 turdagi yer uçastkalarini öz içiga oladi. Bu qonunning avvalgi aksiyadan nima farqi bor, deyişingiz mumkin. Avvalgi aksiyada fuqarolarning özi arizalar bilan murojaat qilişgan bölsa, bu qonunda şu turdagi barça yer uçastkalari haqidagi ma’lumotlar birma-bir töplanadi. Bu iş avval kadastr agentligida bor ma’lumotlar asosida avtomatik, keyin esa joylarga çiqib tekşiriladi.

– Qonunning parlamentdagi muhokamasi jarayonida Adliya vazirining örinbosari Alişer Karimov qariyb 4 million fuqaro uşbu qonun doirasida yerga egalik huquqiga ega bölişi mumkinligini aytdi. Agar raqamlar aniq bölsa nima uçun bu “aksiya” şu muammodagi odamlar uçun xoslab çiqarilmadi?

– Bu masala ikki yil davomida tegişli soha mutaxassislari tomonidan örganib kelinmoqda, ammo qariyb 4 million aholi haqidagi ma’lumot ham aniq raqamlarni anglatmaydi. Çunki yer uçastkalari kadastrlarini raqamlaştiriş ham 2020 yildan boşlab amalga oşirilib kelinmoqda. Ba’zi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun ham bu qonunni katta masştabda hal qiliş nazarda tutilgan.