Moskvaning Ukrainadagi uruşda harakatlarini tanqid qilgan rossiyalik harbiy bloger armiya haqida «feyklar» tarqatgani uçun 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Moskva sud tizimi matbuot xizmati xabar berdi.

Sobiq harbiy xizmatçi Andrey Kurşin özining Telegram kanalida Rossiyani Krivoy Rog şahri yaqinida yaşovçi tinç aholining suvdan foydalanişini çeklagani va tuğuruqxonani bombardimon qilgani uçun ayblagan.

Moskva viloyati sudiga köra, Kurşin «Rossiya Qurolli kuçlari töğrisida qasddan yolğon ma’lumotlarni tarqatiş»da aybli deb topilgan.

Bloger 2014 yilda ilk jangovar harakatlar boşlanganida rossiyalik separatistlar safida Ukraina şarqida jang qilgan, ammo keyinroq harbiylarga nisbatan ança keskin fikrlar bildirişni boşlagan. Moskva 2022 yilning fevralida Ukrainaga keng kölamli hujumni boşlagaç, hukumat mamlakat qurolli kuçlariga nisbatan bildiriladigan har qanday tanqidni taqiqlab qöydi. Şundan buyon mamlakatda harbiylar haqida «feyklar» tarqatgani uçun minglab odamlar qölga olindi.

Rasmiylar, şuningdek, armiya haqida yozuvçi blogerlarni jilovlaşga faol urinmoqda, ularning ayrimlari Moskvaning hujumiga oid nozik va şarmandali ma’lumotlarni e’lon qilgan. Rossiyalik millatçi va isyonçilarning sobiq komandiri Igor Girkin joriy yil boşida Kreml hamda Rossiya harbiy qömondonligini tanqid qilgani uçun tört yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Eslatib ötamiz, may oxirlarida Moskvaning Tver sudi rossiyalik bloger Ilya Varlamovga nisbatan Rossiya armiyasini obrösizlantiriş töğrisidagi bayonnomani röyxatdan ötkazgan edi. Bloger 2023 yilning 23 martida «çet el agenti» deb e’lon qilingandi. Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligiga köra, bunga u tomonidan tarqatilgan boşqa «çet el agentlari», xususan, «Dojd» telekanali va «Mediazona» portali boş muharriri Sergey Smirnovning naşrlari sabab bölgan.