Kursk viloyatida ikki kundan beri janglar davom etmoqda. «Duşman kuçlarining mintaqaga kirib kelişi oqibatlarini bartaraf etiş uçun» mintaqada favqulodda holat joriy etildi.

Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, çegara hududlarida murakkab operativ vaziyat saqlanib qolmoqda.

Putin yiğiliş ötkazdi

Keça kunning ikkinçi yarmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu, mudofaa vaziri Andrey Belousov, Boş ştab rahbari Valeriy Gerasimov va FSB rahbari Aleksandr Bortnikov iştirokida yiğiliş ötkazdi. Gerasimovning ma’lum qilişiça, «6 avgust kuni ertalab soat 5:30 da Ukraina Qurolli kuçlarining ming kişigaça bölgan bölinmalari Kursk viloyati Sudjanskiy tumani hududi bir qismini egallab oliş maqsadida hujumga ötdi».

Boş ştab boşliği Ukraina qurolli kuçlarining Kursk yönalişi böyiça Rossiyaga çuqur kirib borişi «töxtatilganini», Rossiya harbiylari va çegara qöşinlari esa Rossiya-Ukraina çegarasiga qöşni hududlarda «duşmanni yöq qilişda davom etayotganini» aytdi. 

Gerasimovning sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlari yöqotişlari 315 kişini taşkil etgan, ulardan 100 nafari halok bölgan, 54 ta zirhli texnika, jumladan, yetti tank yöq qilingan.

«Operatsiya duşmanni yengiş va davlat çegarasiga yetib boriş bilan yakunlanadi», dedi Valeriy Gerasimov.

Rossiya armiyasining yöqotişlari haqida xabarlar yöq.

Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan Kursk viloyatini öqqa tutiş çoğida 31 kişi, jumladan, olti nafar bola yaralangan, deb xabar berdi Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi.

Rossiya Tergov qömitasi ma’lumotlariga köra, Kursk viloyatidagi janglar natijasida önlab kişilar jarohatlangan. Aholi hududni tark etmoqda, biroq hukumatning markazlaşgan evakuatsiya haqidagi bayonotlarini inkor etmoqda.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi munosabati