Venesuelada prezidentlik saylovlaridan keyingi tartibsizliklarda iştirok etgani uçun qölga olinganlar soni 2229 kişiga yetdi. Bu haqda davlat rahbari Nikolas Maduro ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, qölga olinganlar «davlat mulkiga zarar yetkazgan va öt qöyişni boşlagan».
Maduroning qöşimça qilişiça, ular Tokoron va Tokuyitodagi qattiq xavfsizlik qamoqxonalarida saqlanadi.
«Zöravonlik voqealari çoğida 47 nafar harbiy va 59 nafar politsiyaçi tan jarohati oldi, ikki nafar harbiy halok böldi», - dedi siyosatçi.
Venesuela Milliy saylov kengaşi raisi Elvis Amorosoning aytişiça, amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro prezidentlik saylovlarida 44,2 foiz ovozga ega bölgan muxolifat nomzodi Edmundo Gonsalesni ortda qoldirib, 51,2 foiz ovoz olgan.
Nikolas Maduro ketma-ket uçinçi olti yillik muddatga prezidentlik qiladi.
Saylov natijalari e’lon qilingaç, mamlakatda Maduroning qayta saylanişiga qarşi namoyişlar boşlandi.
«Provea» nodavlat taşkilotiga köra, 29 iyuldan beri davom etayotgan tartibsizliklarda 24 kişi halok bölgan.








