Meksika prezidenti Ukrainaning agar Rossiya rahbari joriy yil oktyabr oyida yangi davlat rahbari inauguratsiyasida iştirok etsa, Vladimir Putinni hibsga oliş haqidagi iltimosini rad etdi, deb xabar berdi Reuters agentligi. «Biz buni qila olmaymiz. Bu bizning işimiz emas», dedi amaldagi prezident Andres Manuel Lopes Obrador 8 avgust, payşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Ukraina, agar Putin 1 oktyabr kuni saylangan prezident Klaudiya Şeynbaumning qasamyod qiliş marosimida qatnaşsa, uni hibsga olişni Meksikadan söradi. Meksikaning Ukrainadagi elçixonasi 7 avgustdagi bayonotida keltirilgan sörov BMT Xalqaro jinoiy sudi (XJS) tomonidan çiqarilgan hibsga oliş orderiga işora qiladi. «Umid qilamizki, Meksika hukumati Vladimir Putinni hibsga oliş uçun orderi borligini biladi», — deyiladi bayonotda. 

Şeynbaum jamoasi Rossiya prezidentini inauguratsiya marosimida iştirok etişga taklif qildi va şu hafta boşida Meksika bilan diplomatik aloqada bölgan barça davlatlarga «diplomatik xabarnoma» yuborganini ta’kidladi. Iyun oyida Putin Şeynbaumni saylovdagi ğalabasi bilan tabriklab, Meksikani «Rossiyaning Lotin Amerikasidagi tarixiy döstona hamkori» deb atagan edi.

Ötgan yili XJS Putinni 2022 yil fevralida keng kölamli hujum boşlanganidan keyin Ukrainadan Rossiyaga bolalarni noqonuniy ravişda deportatsiya qilişda ayblab, uni hibsga oliş uçun order bergan edi. Meksika XJS a’zosi hisoblanadi.