Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş sa’y-harakatlarini muhokama qildi.
Telefon muloqoti çoğida Misr rahbari mintaqaviy keskinlikni pasaytiriş maqsadida mamlakatning barça mojaro tomonlari bilan aloqalari haqida gapirdi va Qohira mintaqani keng qamrovli uruşga olib keladigan, natijalari noaniq bölgan yangi mojarolar oldini olişga qaratilgan sa’y-harakatlariga e’tibor qaratdi.
Ğazoda öt oçişni töxtatiş kelişuviga erişiş uçun jadal harakatlarni davom ettirayotganini ta’kidlagan as-Sisi, Falastin eksklavida davom etayotgan uruş mintaqadagi mavjud taranglikning asosiy sababi ekanini aytdi.
Misr va Fransiya prezidentlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş böyiça muvofiqlaştirilgan sa’y-harakatlarni davom ettirişga kelişib oldilar.
Prezident ma’muriyati, şuningdek, as-Sisining Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi.
Suhbatdoşlar ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş va özaro savdo hajmini oşiriş imkoniyatlari, şuningdek, Misrning Ğazo sektorida öt oçişni töxtatişga erişiş borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildilar.







