Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi matbuot kotibi Lola Rahmonboyeva öz Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

U Urgut tumaniga qilgan safari çoğida mahalliy mutaxassislardan holatga izoh söraganida, Milliy boğ hududiga noqonuniy kirilgani, bir neçta daraxt va ösimliklarga jiddiy şikast yetkazilganini aytgan.

Ma’lum bölişiça, 5 nafar fuqaro Milliy boğga «Yölsoy» bölimida joylaşgan sobiq oromgoh hududi orqali ruxsatsiz va heç qanday hujjatsiz ekskavator va buldozerlar bilan kirib borgan. Boğ rahbariyati tabiat boği muhofaza etiladigan tabiiy hudud ekani, bu yerga ruxsatsiz kiriş, quriliş va qaziş işlarini olib boriş mumkin emasligi haqida ogohlantirgan hamda hududdan çiqib ketişni talab qilgan.

Şunga qaramasdan, fuqarolar noqonuniy tarzda boğ hududiga kirişda davom etgan va bir neça daraxtlar hamda ösimliklarga jiddiy zarar yetkazişgan.

2 avgust kuni keç soat 18:00 larda Milliy tabiat boği xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holati töliq töxtatilgan.

L.Rahmonboyevning ma’lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan tegişli hujjatlar Boş prokuraturaga yöllandi.

Bugun, 8 avgust kuni Samarqand viloyat prokuraturasi va kadastrlar palatasi viloyat bölimi xodimlari borib vaziyatni joyida örgangani, Milliy boğ hududida noqonuniy qurilgan inşootlar ham borligini aniqlaşgan.

Ta’kidlaş lozimki, «Omonqöton» milliy tabiat boği tabiatni asraş, bioxilmaxillikni saqlaş, hayvonot va ösimlik dunyosini muhofaza qilişda eng muhim ahamiyatga ega obektlardan biri hisoblanadi.

Bu yerda 1300 turdan ortiq ösimlik, noyob, qimmatbaho daraxtlar, 126 turdan ortiq umurtqali hayvon, 100 turdan ortiq quş uçraydi. Ösimliklarning 101 turi muhofazaga muhtoj hisoblanadi. Noyob hayvonlar va quşlarning 9 turi esa Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil röyxati va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.