Sport | 00:46 / 10.08.2024
17623
1 daqiqa o‘qiladi

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Olimpiada chempioni

Foto: olympic.uz

2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boksda ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

 - 71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda meksikalik Marko Verde Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parijda qo‘lga kiritgan medallari 7 taga yetdi — 4 ta oltin, 3 ta bronza.

Mavzuga oid