AQŞ prezidenti Jo Bayden blokadadagi Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga prezidentlik muddati tugaguniga qadar erişilişi mumkinligini aytdi. 

«Ha, bu hali ham amalga oşişi mumkin», - dedi Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning muddati tugaşidan oldin Ğazoda öt oçişni töxtatiş mumkinmi, degan savoliga javob berar ekan. 

Amerika rahbari fikriça, «uning BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan qöllab-quvvatlangan rejasi hali ham dolzarb ahamiyatga ega». 

Baydenning aytişiça, jamoasi «vaziyat mintaqaviy uruşga aylanib ketmasligi» uçun harakat qilmoqda. 

Bayden 31 may kuni uç bosqiçli öt oçişni töxtatiş rejasini e’lon qildi va u Isroil taklifi ekanini ta’kidladi. Reja doimiy otaşkesim, Isroilning butun Ğazodan çiqib ketişi, garovga olingan va uşlanganlar ozod etilişi, köçirilgan falastinliklar Ğazoga qaytişi, insonparvarlik yordamlari uzluksiz va yetarli darajada yetkazilişi, Ğazoni qayta quriş kabilardan iborat edi. 

Keyinçalik Netanyahu asirlarni almaşiş böyiça muzokaralar yuzasidan yangi şartlarni ilgari surdi. Bu şartlar orasida «janubdan şimolga qurollangan falastinliklarning qaytişiga yöl qöymaslik va Isroil armiyasini Ğazo sektori va Misr örtasidagi çegaradagi Filadelfiya koridorida saqlaş» kiradi. 

8 avgust kuni e’lon qilingan qöşma bayonotda AQŞ, Misr va Qatar Isroil va Hamasni 15 avgust kuni Qohira yoki Dohada Ğazoda öt oçişni töxtatiş va asirlar almaşinuvi böyiça muzokaralarni davom ettirişga çaqirdi.