Belarus qurolli kuçlari mexanizatsiyalaşgan brigadalaridan birining tanklari Ukraina bilan çegaraga joylaştirilmoqda, deb xabar qildi Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 11 avgust, yakşanba kuni. «Mexanizatsiyalaşgan birlaşmalardan birining bölinmalari öz oldiga qöyilgan vazifalarni bajarişga tayyor, harbiy xizmatçilar temiryöl transportiga harbiy texnika yuklamoqda va belgilangan hududlarga birlaşgan holda yurişni boşladi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. Belarus Mudofaa vazirligi, şuningdek, temiryöl platformalarida tanklar suratlari va yuklaş uskunalari videosini e’lon qildi.
Bir kun avval Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin Ukraina Qurolli kuçlarining Rossiya Kursk viloyatida uyuştirgan hujumi fonida Ukraina bilan çegaradoş hududlarda qöşinlar guruhlanişi kuçaytirilganini ma’lum qilgan edi. Unga köra, Gomel va Mozir viloyatlariga maxsus operatsiyalar kuçlari, quruqlik va raketa qöşinlarining harbiy bölinmalari, şuningdek, «Polonez» reaktiv tizimlari va «Iskander» komplekslari yuboriladi. «Radiotexnik qöşinlar va aviatsiya kuçlari ham şakllantirildi», dedi Xrenin jurnalistlarga.
Ukraina çegara xizmati Belarusda texnika harakatini kuzatmayapti
Ukraina Davlat çegara xizmati Belarus bilan çegaradoş hududlarda texnika harakati hozirça kuzatilmaganini bildirdi. «Ayni paytda biz çegaramiz yaqinida na jihozlar, na xodimlar harakatini qayd etmayapmiz, ehtimol, bu axborot ta’sirining bir qismi sifatida Belarus Ukraina bilan çegarada tegişli foto va video-materiallarni olişga majbur böladi», - dedi Davlat çegara xizmati rasmiy vakili Andrey Demçenko telemarafonda.








