Braziliyada ATR-72 (PS-VPB) örta masofaga möljallangan turbovintli yölovçi samolyotining qulaşiga qanotlarda muz hosil bölişi sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda VOEPASS Linhas Aéreas operatsion direktori Marsel Mora ma’lum qildi. Uning 10 avgust kuni aytgan sözlarini AFP naşri keltirgan.

Maşina voqea sodir bölişidan bir kun oldin rejalaştirilgan texnik körikdan ötkazildi, öşanda «texnik muammolar» aniqlanmadi, deya qöşimça qildi u. Ob-havo şaroiti «parvoz uçun maqbul parametrlar doirasida» edi, dedi Mora. Biroq, bunday turdagi samolyot odatda muzlaş ehtimoli yuqori bölgan balandliklarda reyslarni amalga oşiradi, deya aniqlik kiritdi ekspert. 

Samolyot 2010 yildan beri foydalanilgan va aviatsiya standartlariga javob bergan. Milliy fuqaro aviatsiyasi agentligi ma’lumotlariga köra, barça tört ekipaj a’zosi parvozlar uçun ruxsatnoma olgan.

CENIPA mutaxassislari bort yozuvlari ma’lumotlarini örganyapti

Braziliyaning aviahalokatlarni tekşiriş va oldini oliş markazi (CENIPA) halokat sabablarini örganişga kirişdi. Uning Braziliyadagi mutaxassislari samolyot vayronalaridan topilgan ikkita bort yozuvçi qurilma ma’lumotlarini tahlil qilmoqda. Ma’lum bölişiça, samolyot radarlardan ğoyib bölgunga qadar ekipaj heç qanday favqulodda vaziyat haqida e’lon qilmagan. 

San-Paulu ştati rasmiylari halokat joyidan 50 nafar jasad olib çiqib ketilgani, ikkining şaxsi barmoq izlari orqali aniqlangani haqida xabar berdi.

62 kişi halok bölgan

Braziliya janubidagi Kaskavela (Parana ştati)dan mamlakat janubi-şarqidagi Guarulyus xalqaro aeroporti (San-Paulu ştati)ga 2283-reysni amalga oşirgan ATR-72 (PS-VPB) samolyoti 9 avgust kuni halokatga uçradi. Yangilangan ma’lumotlarga köra, 62 kişi halok bölgan - bortdagi barça yölovçilar va ekipaj a’zolari.

Ularning barçasi Braziliya fuqarolari, bir nafari Portugaliya fuqaroligiga ham ega bölgan, deya xabar beradi uşbu mamlakat TIV.

Hodisa San-Pauludan 70 kilometr şimoli-ğarbda joylaşgan Vinedu şahrida sodir böldi. Samolyot turar joy hududi joylaşgan tumanga qulagan, biroq AP agentligi guvohlarga tayanib, mahalliy aholi orasida qurbonlar yöqligini xabar bergan. Braziliyada uç kunlik motam e’lon qilindi.