“Biz barça joylaşgan mamlakati sifatida Rossiya körsatilgan AdSense akkauntlarini öçiramiz. Bunday akkauntlar orqali monetizatsiyadan daromad oliş töxtatilganini bildiradi. Agar akkauntda tölovlarni qabul qiliş öçirilmagan bölsa va tölov marrasiga yetib kelinmagan bölsa, iyul oyi uçun tölovlar 21-26 avgust oraliğida tölab beriladi”, — deyiladi Google Paymens jamoasi xabarida.

Şunday qilib, YouTubeʼda işlovçi saytlar egalari va blogerlar Google AdSenseʼga ulanişdan va reklama tarmoği taqdim etayotgan xizmatlardan töliq mosuvo böladi.

2022 yil martida Google Rossiya hududida reklama körsatilişini öçirib qöygan edi. Reklama xabarlari qidiruv tizimida ham, YouTube va şerik tarmoqlarda ham körinmasdi. Biroq noşirlar va YouTube blogerlar xorijdan turib qilingan tomoşa uçun daromad olaverişar edi.

Rossiyada YouTube bloklana boşlagaç, hamma VPNʼga ulanib tomoşa qila boşladi va reklamalar qayta paydo bölib, monetizatsiyadan daromadlar oşa boşlagan edi.

YouTube bunga darhol javob bergan. Bu holda reklama beruvçilarning budjeti havoga sovuriladi. Çunki xorijiy reklamalarning Rossiyada körsatilişidan ma’ni yöq, boz ustiga ularning Rossiyada körsatilişi ham ğalati.

Şuning uçun AdSense akkauntlari şunçaki bloklab qöyildi.

Rossiyalik yirik blogerlar uçun buning ta’siri deyarli yöq. Rossiyalik reklama beruvçilar reklama uçun Rossiyada pul tölaşadi va undan soliqlar Rossiyada qolaveradi. Bundan YouTube bir sent ham olmaydi.

Biroq AdSenseʼdagi daromadlardan kun köradigan kiçik kanallar endi kontent tayyorlaşni umuman yiğiştirib qöyişlari mumkin.