Namangan viloyati Pop tumanidagi 43-maktab direktori pedagoglarni ta’lim maskaniga çaqirib, muassasa hududini tozalaşga, öt-ölan, beda va ajriqlarni yulişga majbur qilgani aytilmoqda. Bu haqda Qalampir.uz naşri xabar bergan.

Qayd etilişiça, tahririyatga berilgan materiallarga köra, maktab direktori M.Marasulova öqituvçilarning vazifasidan taşqari işlarni qilişni istamaganlardan 500 ming sömdan pul talab qilgan. Qolaversa, ularni öquvçilarning ota-onalaridan pul yiğişga ham majburlagani ta’kidlangan.

Holat yuzasidan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, vaziyatni vazirlikning Pop tumani bölimi Davlat mehnat inspeksiyasi örgangan.

Şunga muvofiq Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda hukumatning 349-sonli qaroriga zid ravişda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov işlariga jalb etilgani aniqlangan.

Taşkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 50 baravari, 17 million söm miqdorida ma’muriy jarima qöllangan.

Eslatib ötamiz, “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunga köra, ularni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, şu jumladan hududlarni obodonlaştirişga va qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş taqiqlanadi.