Germaniya kansleri Olaf Şols Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatda Hamas harakati bilan garovga olinganlarni ozod qiliş va Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv tuziş «vaqt kelganini» aytdi. Bu haqda 11 avgust, yakşanba kuni Germaniya hukumati rasmiy vakili örinbosari Volfgang Byuhner jurnalistlarga ma’lum qildi.
Isroilning Hamasga qarşi uruşdagi köplab maqsadlariga erişildi, biroq «inson azoblari va tinç aholi qurbonlari juda katta», dedi Şols Isroil boş vaziriga. Germaniya hukumati rahbari Yaqin Şarqdagi mintaqaviy mojaro ehtimolidan jiddiy xavotir bildirdi. Şu bilan birga, u Netanyahuga Berlin Isroilga Eron va Livanning «Hizbulloh» harakatidan kelayotgan tahdidlarni keskin qoralaşini oçiq aytdi.
Suhbat çoğida Şols, şuningdek, Ğazo sektorida uruşni tugatiş mintaqadagi vaziyatni yumşatiş yölidagi muhim qadam bölişini ta’kidladi. «Hozir zöravonlikning buzğunçi spiralini töxtatiş, keskinlikni pasaytiriş va deeskalatsiya böyiça konstruktiv iş olib boriş har qaçongidan ham muhim», - deya ifodaladi Byuxner Germaniya kansleri pozitsiyasini.
Eron Isroilga hujum bilan tahdid qilmoqda
Yaqin Şarqdagi mojaroning yana bir keskinlaşuvi Eron yangi prezidenti Mas’ud Pizişkiyon inauguratsiyasiga kelgan Hamas guruhi siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda öldirilişi ortidan yuz berdi.
Haniya 31 iyulga ötar keçasi öz qarorgohida sodir bölgan portlaş natijasida halok bölgan – ba’zi ma’lumotlarga köra, binoga bomba «Mossad» tomonidan yollangan Eron xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qöyilgan bölişi mumkin. Voqeadan söng Eron xavfsizlik kuçlarida hibsga olişlar tölqini sodir böldi.
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Haniyaning öldirilişiga javoban Isroilga qarşi zarba berişni buyurgan. Sky News Arabia, öz navbatida, bu 12 yoki 13 avgustda, Isroil eng maşhur motam sanalaridan biri - Av oyi töqqizinçi kuni yoki Tişa-beavni nişonlayotganda sodir bölişi mumkinligini taxmin qildi. Bu kunda, yahudiylar an’analariga köra, Quddusning Birinçi va Ikkinçi ibodatxonalari vayron qilingan.









