Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi boşlandi.

Davlat rahbari avvalo sportçilarning Parij Olimpiadasidagi ulkan tarixiy zafarlari bilan butun xalqni çin qalbidan tabrikladi.

«Tokio Olimpiadasidan keyin yaxşi niyat bilan top-15 ga kiramiz deb, oldimizga katta maqsad qöygan edik. 208 ta davlat vakillari qatnaşgan musobaqada sportçilarimiz  yuksak matonat, mahorat va iroda körsatib, dunyoda 13-örin, Osiyoda 4-örin, turkiy, musulmon va MDH davlatlari orasida 1-örinni egalladi. Bir yöla 3 nafar sportçimiz “ikki karra olimpiya çempioni”, degan yuksak şarafli nomga sazovor böldi.

Bu Yangi Özbekiston yoşlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga körsatib, ularning natijalari tariximizda zarhal harflar bilan muhrlandi.

Barça sportçilarimiz, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylari Yangi Özbekistonning çinakam qahramonlaridir! Ular bilan har qança faxrlansak arziydi, ular bizning ğururimiz!» dedi prezident.

Ma’lumot uçun, Parijdagi Olimpiada Özbekiston uçun mamlakat mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatlisi böldi, jamoa jami 90 nafar sportçi yuborgandi. Delegatsiya jami 13 ta medal — 8 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronzani qölga kiritdi.