11 avgust, yakşanba kuni hamon Rossiya qöşinlari nazoratida bölgan Zaporijjya atom elektr stansiyasining (ZAES) sovitiş minorasida yonğin sodir böldi. Zaporijjya viloyatining egallab olingan qismiga Kreml tomonidan tayinlangan «gubernator» Yevgeniy Balitskiy voqeada Kiyevni aybladi. «Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan Energodar şahrini öqqa tutiş natijasida ZAES sovitiş tizimlari inşootida yonğin sodir böldi», — deb yozdi u. Aniqlik kiritilişiça, AESning barça 6 ta energobloklari hamon sovuq töxtaş rejimida va «buğning portlaşi yoki boşqa oqibatlar xavfi yöq», şuningdek, Zaporijjya AES va Energodar şahri atrofidagi radiatsiyaviy fon normal darajada.
Ukrainaning «Energoatom» şirkati rasmiy kanali ham mintaqada radiatsiya körsatkiçlari normal ekanligini tasdiqladi. «Biz Nikopoldan rossiyaliklar Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududida yonğin boşlaganini tasdiqlaymiz», — deyiladi kompaniya bayonotida. Ularning aniqlik kiritişiça, Rossiya «Zaporijjya atom elektr stansiyasi egallab olingan birinçi kundanoq undan Ukrainani, butun Yevropa va dunyoni şantaj qiliş uçun foydalanmoqda» va Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikdan (AEXA) munosabat kutmoqda.
Nikopol tumani harbiy ma’muriyati boşliği Yevgeniy Yevtuşenkoning aytişiça, stansiyadagi yonğin «provokatsiya yoki Dnipro öng qirğoğidagi aholi punktlarida vahima qözğaşga uriniş»dir. Unga köra, rossiyalik harbiylar atom elektr stansiyasining sovitiş minoralaridan birida avtomobil şinalariga öt qöygan bölişi mumkin.
AEXA voqeaning Rossiya versiyasiga tayandi
«AEXA ekspertlari keçqurun sodir bölgan köplab portlaşlardan söng Zaporijjya AES hududining şimoliy qismidan kuçli quyuq tutun çiqqaniga guvoh bölişdi», - deyiladi Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikning X ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida. Şuningdek, ular Zaporijjya atom elektr stansiyasidan saytdagi sovitiş minoralaridan biriga dron hujumi sodir etilgani haqida «ma’lumot» olganiga aniqlik kiritdi.
BMT Boş assambleyasi bir oy oldin Rossiya qöşinlarini Zaporijjya AESdan olib çiqişni talab qilgan
BMT Boş assambleyasi Ukrainadagi atom inşootlari, jumladan, Zaporijjya atom elektr stansiyasining texnik va jismoniy xavfsizligi böyiça rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 99 davlat qöllab-quvvatladi, 9 delegatsiya qarşi ovoz berdi, 60 tasi esa betaraf qoldi, deb xabar qilindi 11 iyul kuni Boş assambleya saytida.
Hujjatda Rossiya Federatsiyasiga Zaporijjya AESdan zudlik bilan harbiy xizmatçilarni va boşqa xodimlarni olib çiqib ketiş, stansiyani zudlik bilan Ukrainaning töliq nazorati ostiga qaytariş talablari alohida örin olgan.
Rossiya, şuningdek, stansiya Ukraina töliq nazoratiga qaytarilgunga qadar AEXA bilan hamkorlik qilişga, şuningdek, Zaporijjya AES hududi perimetri böylab örnatilgan barça piyodalarga qarşi minalarni zudlik bilan olib taşlaşga çaqirildi. Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili örinbosari Dmitriy Polyanskiy rezolyutsiyani «zararli, öta siyosiylaşgan va yadroviy xavfsizlikka heç qanday aloqasi yöq» deb atadi.
Zaporijjya AES 2022 yildan beri sovuq öçiriş rejimida
Zaporojjya AES Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boşlanganidan söng u rus qöşinlari tomonidan egallab olindi va u bir neça marta uçuvçisiz uçoqlardan hujumga duçor böldi hamda öqqa tutildi. Moskva va Kiyev bunda bir-birini ayblamoqda. AEXA Zaporijjya AESda «yadro xavfsizligining barça ustunlari» yöq qilinayotganini bir neça bor ta’kidlagan.
Rossiya qöliga ötgandan beri Zaporijjya atom elektr stansiyasi öz hududidan taşqaridagi elektr uzatiş liniyalari şikastlangani uçun kamida sakkiz marta quvvatini yöqotdi. Öçiriş vaqtida yadro yoqilğisining reaktorlarda va sovitiş havzalarida xavfsiz holatda saqlanişiga tahdid mavjud. Stansiya 2022 yil 11 sentabrdan beri elektr energiyasi işlab çiqarmaydi. Oltita ZAES reaktorining hammasi sovuq öçiriş rejimida.












