Rossiya armiyasi 11 avgust, yakşanbaga ötar keçasi Kiyev viloyatiga havo hujumida Şimoliy Koreya raketasini qöllagan bölişi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. 

«Dastlabki ma’lumotlarga köra, rossiyaliklar Şimoliy Koreya raketasidan foydalangan va bu Ukrainaga qarşi navbatdagi qasddan terrorçilik hujumi bölgan. Pirotexniklar uşbu raketa böyiça ma’lumotlarni aniqlaş ustida işlaşda davom etmoqda», — deb yozdi Zelenskiy. 

«Rossiyaning Şimoliy Koreya raketalari bilan hujumlariga kelsak, men quyidagilarni aytaman: KN-23 ballistik raketalari kamdan-kam hollarda kerakli maqsadga erişsa ham, aholi uçun jiddiy xavf tuğdiradi», dedi Ukraina Havo kuçlari qömondoni Nikolay Oleşçuk. 

Rossiyaning Kiyev viloyatidagi zarbasi vaqtida ota va öğil halok böldi

Hujumdan söng Kiyev şahar harbiy ma’muriyati ham Ukraina poytaxtiga «Iskander-M» yoki Şimoliy Koreyaning KN-23 ballistik raketalari uçirilganini ma’lum qildi. Kiyev viloyatining Brovari tumanida urib tuşirilgan raketa qoldiqlari xususiy turar joy binolari ustiga tuşdi, qutqaruvçilar vayronalar ostidan 35 yoşli erkak va uning tört yoşli öğlining jasadlarini olib çiqdi. Yana uç kişi jiddiy jarohat olgan. 

Keça keçqurun ukrain havo hujumidan mudofaa vositalari Ukraina böylab uçirilgan 57 ta drondan 53 tasini urib tuşirdi. Umuman olganda, Kiyev ma’lumotlariga köra, Rossiya bir hafta içida Ukrainani 30 dan ortiq raketa va 800 dan ortiq boşqariladigan aviabombalar bilan zarba berdi, dedi Zelenskiy.