15 avgust, payşanba kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş boşlanadi. Bu haqdagi ma’lumot Oliy sud saytida keltirib ötildi.
Tergov organi Aziz Voitovga Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi böyiça ayblov qöygan:
- 167-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari — bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda, köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş;
- 205-modda 2-qismi “a” bandi — juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş;
- 206-modda 2-qismi “a” bandi — juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş;
- 209-modda 2-qismi “a” bandi — takroran sodir etilgan mansab soxtakorligi.
Bu iş doirasida tadbirkorlar Orzubek Otaboyeviç Rajabov va Alişer Fazliddinoviç Örunboyev ham sudlanuvçi hisoblanadi.
Orzubek Rajabov özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş, mansab soxtakorligi, pora beriş va hujjatlarni soxtalaştiriş jinoyatlarida ayblanmoqda.
Alişer Örunboyevga esa özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş ayblovi qöyilgan.
Eslatib ötamiz, Qişloq xöjaligi vazirligining sobiq rahbari Aziz Voitov 2023 yil dekabr oyida qamoqqa olingan edi.
44 yoşli Voitov 2022 yil avgustidan 2023 yil oktyabrigaça QXVni boşqargan, ungaça investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.








