Qozoğistonning Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli tomonidan davlatga qaytarilgan mulklari röyxatini taqdim etdi.

Sotiboldiuliga nisbatan qözğatilgan jinoiy işlar «Kazaktelekom» va «Transport servis markazi»dan öta yirik miqdordagi mablağlarni öğirlaş, jinoiy yöl bilan olingan pul mablağlari va boşqa mol-mulkni legallaştiriş, şuningdek, kompaniyalar tomonidan bojxona tölovlarini tölaşdan böyin tovlaş holatlari böyiça tergov qilindi.

«Tergov davomida Q.Sotiboldiuli öz aybiga töliq iqror böldi, yetkazilgan zararni töliq qopladi, şuningdek, jinoiy huquqbuzarliklarni tergov qiliş va jinoiy yöl bilan olingan mol-mulkni foş etişga hissa qöşdi. 2022 yildan hozirgi kunga qadar Sotiboldiuli va unga aloqador şaxslar tomonidan noqonuniy ravişda sotib olingan 732,8 milliard tenge yoki 1,6 milliard dollardan ortiq mol-mulk va mablağlar davlatga qaytarildi», deyiladi Antikorrupsiya qömitasi xabarida.

Qömita ma’lumotlariga köra, qaytarilgan aktivlar qatoriga ma’muriy binolar, eksklyuziv zargarlik buyumlari, haşamatli uylar, kvartiralar va avtomobillar, kompaniyalardagi uluşlar, temiryöllar va mablağlar, şu jumladan xorijdan olingan mablağlar kiradi.

Jumladan: «Kazaktelekom»ning 28,8 foiz aksiyasi (197 mln dollar), «Tss» AJ (63 mln dollar), törtta kompaniyadagi uluş (21,6 mln dollar), Qozoğistondagi mulkiy aktivlar (332,8 mln dollar), eksklyuziv zargarlik buyumlari (230 mln dollar), Qozoğiston banklaridagi pullar (77 mln dollar), xorijdagi pullar (361,5 mln dollar), qimmatli qoğozlar (300 mln dollar).

Qayd qilinişiça, umumiy qiymati 331 mln dollardan ortiq bölgan 115 ta obekt davlat mulkiga ötkazilgan, ulardan 73 tasi köçmas mulk obekti: 13 ta uy, 10 ta bino, 13 ta yer uçastkasi, 4 ta xonadon, 3 ta bino, 2 ta madrasa binosi, 2 ta avtoturargoh, 25 ta bino, 1 ta qurilişi tugallanmagan obekt, 37 ta köçar mulk (29 ta avtomobil, 5 ta maxsus texnika, 3 ta kvadrosikl) va boşqa mol-mulk.

Mulkning bir qismi Sotiboldiulining yaqin qarindoşlari, manfaatdor şaxslar va nazorat ostidagi kompaniyalari nomiga rasmiylaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, mablağlar davlat daromadiga aylantirilib, ijtimoiy maqsadlarga yönaltiriladi.

2022 yil 13 martda Korrupsiyaga qarşi kuraş xizmati Qayrat Sotiboldiuli hibsga olinganini e’lon qildi. 2022 yil 26 sentabrda u 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.