Ukraina Qurolli kuçlari (UQK)ning Kursk oblastidagi harbiy operatsiyasidan asosiy maqsad Donbassdagi Rossiya armiyasi hujumini töxtatişga urinişdir, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 avgust, duşanba kuni xavfsizlik kuçlari rahbariyati bilan tezkor yiğilişda.

Şu bilan birga, Putinning sözlariga köra, Kursk oblastida sodir bölayotgan voqealar fonida Rossiya Qurolli kuçlarining butun front çiziği böylab hujum operatsiyalari sur’ati «nafaqat pasaymadi, balki aksinça, bir yarim barobar ösdi».

Ukraina Qurolli kuçlari hujumining boşqa maqsadlari qatorida, Rossiya prezidenti «jamiyatga nizo ekiş va odamlarni qörqitişga» urinişni, şuningdek, Kiyev muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlaş istagini ta’kidladi. 

Rossiya Ukraina Kursk viloyatidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini tan oldi 

12 avgust holatiga köra, Rossiya Federatsiyasi hududidagi janglar va Ukraina nazorati zonasi taxminan 480 kvadrat kilometrni taşkil etadi, deya ta’kidlaydi mustaqil matbuot. Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnovning sözlariga köra, 28 ta aholi punkti Ukraina Qurolli kuçlari nazoratida. 

Umuman olganda, gubernator vazifasini bajaruvçining sözlariga köra, Kursk oblasti çegara hududlarini 121 mingga yaqin aholi tark etgan. Ukraina nazoratidagi hududlarda 2000 nafar mahalliy aholining taqdiri noma’lumligiça qolyapti. Ukraina qurolli kuçlari hujumi paytida, Smirnov sözlariga köra, Kursk oblastining 12 tinç fuqarosi halok bölgan, 121 kişi, şu jumladan 10 bola yaralangan.