Taqdimotda soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, bank, soliq, bojxona kabi sohalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari körib çiqildi.
Avvalo, sun’iy intellekt böyiça qonunçilik bazasini yaratiş kerakligi qayd etildi. Sun’iy intellektni joriy etiş strategiyasi va ikki yillik loyihalar dasturini işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Sun’iy intellekt texnologiyalari markazini taşkil qiliş böyiça topşiriq berildi.
Xususan, bank-moliya sohasida sun’iy intellektni qöllaşni kengaytiriş, bu böyiça kadrlar tayyorlaş va xodimlar malakasini oşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda 4 ta universitetda sun’iy intellekt böyiça kadrlar tayyorlanyapti. Hozirda katta ma’lumotlarni qayta işlaş va til modellari böyiça 600 nafar mutaxassisga talab bor. Bu kelgusi yillarda karrasiga oşadi. Şuni inobatga olib, sohalar kesimida talabga mos mutaxassislar tayyorlaş muhimligi aytildi.
Dunyoning barça ilğor IT kompaniyalari öz faoliyatini startapdan boşlagan. Ötgan yili bunday loyihalar uçun jalb qilingan vençur investitsiyalar hajmi 134 million dollarni taşkil qilgan.
Davlat rahbari startap loyihalarni moliyalaştiriş uçun vençur investitsiyalarga keng şaroit yaratiş vaqti kelganini ta’kidladi. Şu bois startap ekotizimini rivojlantiriş, vençurli moliyalaştiriş mexanizmlarini joriy qiliş böyiça topşiriqlar berildi.












