Rossiya hukumati benzin eksportiga qöyilgan taqiqni 2024 yil 31 dekabrgaça uzaytirdi. «Mavsumiy talabning davom etişi va neftni qayta işlaş zavodlarida rejali ta’mirlaş işlari olib borilayotgan davrda yonilği bozoridagi barqaror vaziyatni saqlab qoliş uçun qaror qabul qilindi», — deb xabar qildi mamlakat vazirlar mahkamasi 14 avgust, çorşanba kuni Telegram-kanalda.

Ta’kidlanişiça, çeklov xalqaro hukumatlararo kelişuvlar böyiça yetkazib beriş va şaxsiy foydalaniş yoki xalqaro gumanitar yordam körsatiş uçun eksport qilinadigan yonilğiga ta’sir qilmaydi. 

Rossiyada 1 martdan 31 avgustgaça benzin eksportiga vaqtinçalik taqiq joriy etilgan, biroq may-iyul oylarida bu çora «içki bozorni avtomobil benzini bilan töldiriş va ayrim korxonalar tomonidan neftni qayta işlaş hajmi kamayişiga yöl qöymaslik uçun töxtatilgan edi». Avvalroq hukumat benzin eksportini 2023 yilning kuzida çeklagan edi. 

Embargo davom etişi, bozor iştirokçilari fikriga köra, hukumatning neftni qayta işlaş zavodlariga mart oyida uçuvçisiz uçoqlar hujumi takrorlanişi xavfini bartaraf etiş iloji yöqligini hisobga olib, bozorda narxlar keskin oşişiga yöl qöymaslik istagi bilan boğliq, deb yozadi «Kommersant». 

Ukraina armiyasi sönggi oylarda UUA yordamida Rossiya hududiga hujumlar sonini izçil oşirmoqda. Harbiy nişonlar bilan bir qatorda neftni qayta işlaş zavodlari va neft mahsulotlarini saqlaş obektlari köpinça uçuvçisiz havo hujumlari nişoniga aylanyapti.