Ukraina qöşinlari Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyati hududidagi Sudja şahrida hujum operatsiyasini davom ettirmoqda, «duşmanni qidiriş va yöq qiliş» yakunlandi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi, 14 avgust, çorşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanalida uning hisoboti aks etgan video çop etildi.
«Bir sutka içida qöşinlar ma’lum yönalişlarda bir kilometrdan ikki kilometrgaça oldinga siljişdi», - dedi Sirskiy. Uning qöşimça qilişiça, çorşanba kunidan beri Ukraina kuçlari Kursk viloyatida 100 dan ortiq rossiyalik harbiy xizmatçini asirga olgan.
Ayni paytda, “Axmat” maxsus kuçlari qömondoni Apti Alaudinov 14 avgust kuni Ukraina qöşinlari Sudja şahri ustidan nazorat örnatmaganini aytdi. «U yerda har kuni faol töqnaşuvlar bölyapti, duşman Sudjani töliq nazorat qilyapti, deb ayta olmaydi, çunki u haqiqatan ham uni nazorat qilmayapti», dedi u «Birinçi kanal» efirida.
12 avgust kuni Ukraina Qurolli kuçlarining BRAVO Team maxsus bölinmasi Sudja şahri Ukraina kuçlari nazoratiga ötgani haqidagi ikkita videoni e’lon qildi. Ukraina va Rossiya Federatsiyasi rasmiylari bu bayonotlarga izoh bermadi.
Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi hujumi
Ukraina Qurolli kuçlari 6 avgust kuni Rossiyaning Kursk oblastiga hujum boşladi. Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy 12 avgust kuni Ukraina armiyasi qariyb 1000 kvadrat kilometr Rossiya hududini nazorat qilayotganini aytdi. Janglar Korenev va Sudja rayonlari hamda Belovskiy rayonida davom etmoqda.
Ukraina rasmiylari köp sonli rossiyalik harbiylar asirga olinganini da’vo qilmoqda. Zelenskiy uning mamlakati «almaşinuv fondini töldirayotganini» ta’kidladi. 13 avgust kuni keçki videomurojaatida u «yuzlab rossiyalik harbiylar allaqaçon taslim bölganini» ta’kidladi. Şu bilan birga, «ularning barçasiga insonparvarlik bilan munosabatda bölinadi - ular hatto özlarining Rossiya armiyasida ham bunday munosabatni körmagan», dedi Ukraina prezidenti.









