Aksariyat ota-onalar farzandi olti yoşga tölişi bilan uni maktabga berişni xohlaydi. Tibbiy nuqtai nazardan, bunday bolalar öquv jarayonida qiynalib qolmaydimi? Uşbu savollarga Soğliqni saqlaş vazirligining öquv-tarbiya muassasalari böyiça boş mutaxassisi Inobat Ahmedova javob berdi.

«Albatta, bu savol bugun köpçilik ota-onalarni qiziqtiradi. Bilasizmi, bobo-buvisi bilan birga yaşaydigan aksariyat bolajonlarni kuzatsak, ular tengdoşlariga nisbatan ança aqlli va ziyrak böladi. Hatto ayrim olti yoşdagi bolalarning yetti yoşli öğil-qizlarga nisbatan birmunça uquvli ekaniga ham guvoh bölamiz», — deydi mutaxassis. «Şu bois köpçilik ota-onalar yetti yoşga tölmasa ham, „farzandim maktabga borsin“ deydi».

«Vaholanki, olti yoşda bola har qança aqlli bölmasin, ularda fikrlaş qobiliyati töliq şakllanib ulgurmaydi. Çunki yetti yoşgaça uning miyasi ösiş jarayonida bölib, ayni şu yoşdan keyin takomillaşadi. Ya’ni bu fiziologik holat hisoblanadi», — deb sözlarini tuşuntirdi Inobat Ahmedova.

Qolaversa, bola hayotining yettinçi yilida undagi harakatlar kölami kengayib, aniqlaşadi va özaro moslaşuv boşlanadi. Ular özini idora etiş, harakatlarini nazorat qiliş qobiliyatiga ega böladi. Yetti yoşda diqqatni jamlaş, vaziyatni baholaş va qiyinçiliklarga duç kelganda, töğri qaror qabul qilişni örganadi.

Şuningdek, bu yoşda bola ham jismonan, ham ruhan çiniqadi, qiziquvçanligi ortadi. Uning idrok kuçi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Moddiy borliqni anglaşga intiladi. Şuningdek, bu yoşda ularda gigiyenik malakalar şakllanadi.

Şu bois «Ta’lim töğrisida»gi qonunda ham umumiy örta ta’lim taşkilotining birinçi sinfiga bolalar 7 yoşga töladigan yilda qabul qilinişi belgilangan.

Bir söz bilan aytganda, öğil-qizlarning maktabga yetti yoşdan borişi nafaqat ularning şaxsiy rivojlanişi, balki kelajagi uçun ham muhimdir, deya xulosa qildi Soğliqni saqlaş vazirligi vakili.